Ðåçóëüòàòîâ: 19

“Markaziy Osiyoda AQSh va Xitoy raqobati allaqachon mavjud, ammo hozircha yashirin shaklda” — ekspert

AQSh va XXR yetakchilari uchrashuvi ortidan Gazeta JIDU “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Murod Bahodirov bilan mazkur davlatlarning Markaziy Osiyoga ta’sirini muhokama qildi. Unda, jumladan, mintaqa Vashington va Pekin bilan munosabatlarda qanday strategiyani tanlashi kerakligi haqida so‘z bordi. gazeta.uz »

2026-5-20 13:27

OTB Osiyoda energiya tarmoqlari va raqamli infratuzilmani rivojlantirishga 70 mlrd dollar ajratadi

OTB Samarqandda 2035-yilgacha 70 mlrd dollarlik ikki tashabbus boshlanganini e’lon qildi. Mablag‘lar energiya tizimlarini birlashtirish, transchegaraviy elektr savdosini rivojlantirish, raqamli koridorlar, data markazlar va mintaqada internetdan foydalanishni kengaytirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2026-5-3 18:28

Shavkat Mirziyoyev — Markaziy Osiyoda samarali mintaqaviy institutlarning ahamiyati haqida

Samarali mintaqaviy institutlarsiz Markaziy Osiyo doirasidagi hamkorlikning tizimli rivojlanishini ta’minlab bo‘lmaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tadigan mintaqa davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi arafasidagi maqolasida yozdi. gazeta.uz »

2025-11-13 09:36

Markaziy Osiyoda kosmik texnologiyalar yordamida qurg‘oqchilikni monitoring qilish tizimi yaratilmoqda

MOda sun’iy yo‘ldosh texnologiyalaridan foydalanib, qurg‘oqchilikni monitoring qilishning mintaqaviy tizimi ishga tushiriladi. Loyihani “O‘zbekkosmos” ESCAP ko‘magida amalga oshirmoqda. Loyihadan maqsad - O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi sohalarining iqlim risklariga chidamliligini oshirish. gazeta.uz »

2025-8-30 15:46

RF u yoki bu guruhning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga urinishlariga qarshi — Sergey Lavrov

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov G‘arbning Markaziy Osiyodagi tashabbuslarini tanqid qilib, xususan, YeIni antirossiya kun tartibini ilgari surayotganlikda aybladi. Uning fikricha, hamkorlar “MO davlatlari hukumat tuzilmalariga kirishga qaratilgan” dasturlar orqali mintaqadagi manfaatlarini ilgari surmoqda. gazeta.uz »

2025-4-24 19:36

Markaziy Osiyoda integratsiyadan ko‘ra hamkorlikning ustuvorligi; YeIdan nimalarni o‘rganish mumkin?

Markaziy Osiyo davlatlari uchun yangi integratsiya jarayonini boshlash yoki 2000-yillar o‘rtasida to‘xtatilgan jarayonni qayta yo‘lga qo‘yish haqida o‘ylash vaqti keldi. Ular bu jarayonga tayyormi? Mintaqa Yevropa Ittifoqidan nimalarni o‘rganishi mumkin? Xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis Yuriy Saruxanyan kolonkasi. gazeta.uz »

2025-4-5 18:37

Markaziy Osiyoda elektr energiyasi savdosi uchun yagona platforma yaratish rejalashtirilmoqda — energetika vaziri o‘rinbosari

Markaziy Osiyoda elektr energiyasini sotib olish va sotish bo‘yicha yagona platforma yaratish rejalashtirilmoqda, dedi energovazir o‘rinbosari. Shuningdek, u O‘zbekistonda energetika infratuzilmasi, avtomatlashtirish va energiyani saqlash bo‘yicha zaxira quvvatlarini yaratish bilan bog‘liq muammolar haqida gapirdi. gazeta.uz »

2024-11-7 21:38