Ðåçóëüòàòîâ: 86

Yevropa hamkorlik agentliklari Transkaspiy yo‘lagi bo‘ylab yuklar tranziti vaqtini qisqartirish ustida ishlamoqda

Expertise France (Fransiya) va GIZ (Germaniya) agentliklari Transkaspiy koridorini rivojlantirish ustida ishlamoqda. Expertise France direktori Jeremi Pellening aytishicha, asosiy e’tibor logistikani raqamlashtirish va yuklar tranzit vaqtini qisqartirishda, bu O‘zbekiston uchun ham, Yevropa uchun ham o‘ta muhim. gazeta.uz »

2025-3-19 18:43

Toshkentda Markaziy Osiyo uchun Yevropa sun’iy yo‘ldosh interneti dasturi bo‘yicha kelishuvlar imzolandi

YeI, Expertise France, YeIB va SES provayderi vakillari Toshkentda Markaziy Osiyo uchun sun’iy yo‘ldosh interneti bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Yevropa komissari Yozef Sikelaning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda mintaqaviy sun’iy yo‘ldosh shlyuzi o‘rnatilishi mumkin, bu esa mamlakatga “haqiqiy raqamli avtonomiya”ni beradi. gazeta.uz »

2025-3-18 13:35

Yevropa davlatlari AQShsiz ham o‘zini himoya qila oladi, ammo ularga ko‘proq uyg‘unlik kerak — tadqiqot

Yevropa davlatlari AQSh yordamisiz o‘zini himoya qilishi uchun mudofaaga har yili 250 mlrd yevro atrofida sarflashi kerak, deyiladi “Bryugel” va Kil institutlari tadqiqotida. Unga ko‘ra, bu mablag‘ni mamlakatlar iqtisodi ko‘tara oladi, lekin qit’ada mudofaani muvofiqlashtirish asosiy muammo bo‘lib qolmoqda. gazeta.uz »

2025-2-21 20:30

O‘zbekiston TIV rahbari Yevropa diplomatiyasining yangi rahbari bilan ilk telefon muloqotini o‘tkazdi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov hamda YIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha yangi tayinlangan oliy vakili Kaya Kallas o‘rtasida ilk telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bu yil Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo - YI sammitini intiqlik bilan kutayotganini alohida ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-1-7 17:27

“Yevropa O‘zbekistonning ming yillik tarixidagi yangi bobda hamkoringiz bo‘lishni istaydi” — Ursula fon der Lyayen

Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen O‘zbekiston va Yevropa misli ko‘rilmagan darajada bir-biriga yaqinlashganini ta’kidladi. “Sherikligimizning eng yaxshi kunlari hali oldinda”, - dedi u “O‘zbekistonda Yevropa iqtisodiyoti kunlari” biznes-forumining ochilish marosimidagi videomurojaatida. gazeta.uz »

2024-11-6 14:20

O‘zbekiston Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng tez o‘sayotgan uch iqtisodiyotdan biri — Jahon banki

Jahon banki 2024-yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan mamlakatlar Gruziya, Tojikiston va O‘zbekiston ekanini qayd etdi. Mintaqada bir qator inqirozlardan so‘ng iqtisodiy o‘sish barqarorlashmoqda, ammo ko‘rsatkichlar 2000-yillar boshiga nisbatan ancha past darajada qolmoqda. gazeta.uz »

2024-10-17 15:46

12