Ðåçóëüòàòîâ: 53

Qirg‘iziston Rossiyaga sanksiyalarni aylanib o‘tishga yordam bermayapti — bosh vazir

Qirg‘iziston bosh vaziri Adilbek Kasimaliyev uning mamlakati Rossiyaga qarshi “cheklovlarni aylanib o‘tishda ishtirok etmayotganini” aytdi. Unga ko‘ra, Qirg‘iziston YeI, AQSh va Buyuk Britaniyaning sanksiyalari ro‘yxatiga tushgan mahalliy banklarni tekshirish uchun xalqaro auditorlik kompaniyalariga murojaat qilgan. gazeta.uz »

2026-5-14 17:53

YI Rossiyaga cheklovlardan qochishga yordam berayotgan mamlakatlarga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni muhokama qilmoqda — Bloomberg

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga mavjud cheklovlarni chetlab o‘tishga yordam berayotgan davlatlarga qarshi ikkilamchi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ular YeI hozirda amalda bo‘lgan Rossiyaga qarshi 19-sanksiya paketiga kiritilishi mumkin. gazeta.uz »

2025-8-28 03:38

Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda

Ozarbayjon AZAL samolyotining 38 kishi o‘lishiga sabab bo‘lgan halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda, dedi Ilhom Aliyev. U Rossiyadan 7 oy davomida birorta ham aniq javob olmaganini va adolat qaror topishi kerakligini bildirdi. Bu hodisadan so‘ng ikki mamlakat aloqalari taranglashgan. gazeta.uz »

2025-7-21 10:14

Qirg‘iziston Rossiyaga hammomda qirg‘izistonliklarga qilingan haqoratomuz harakatlar yuzasidan nota yubordi

Moskvadagi “Bodrost” hammomida politsiya reyd o‘tkazib, 60 ga yaqin Qirg‘iziston fuqarosini ommaviy hibsga olgani va kuch ishlatgani aytilmoqda. Qirg‘iziston TIV bunday choralar sababini tushuntirishni va, “asossiz bo‘lgan taqdirda”, javob berishni so‘rab, Rossiya elchisiga nota topshirdi. gazeta.uz »

2025-4-14 13:52

«Kichik AES O‘zbekiston mulki bo‘ladi, yadro chiqindilari Rossiyaga olib ketiladi» — direksiya rahbari

Kichik atom elektr stansiyasi O‘zbekiston mulki bo‘ladi, dedi AES qurilishi direksiyasi rahbari Otabek Amanov. Uning aytishicha, yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun mahalliy urandan foydalanish rejalashtirilgan bo‘lib, u ishlatilgandan so‘ng Rossiyaga olib ketiladi. U loyihaning bosqichlari haqida ham ma’lumot berdi. gazeta.uz »

2024-10-15 14:19

Rossiyaga sanksiya ostidagi Amerika chiplari O‘zbekiston orqali olib kelinyapti — The Insider

Rossiya sanksiyalar tufayli importi taqiqlangan Amerika mikrosxemalarini Ukrainaga muntazam zarba berishda qo‘llash uchun sotib olishda davom etmoqda. Bunda yakuniy oluvchi sifatida boshqa davlatdagi kompaniyani ko‘rsatish kifoya qilmoqda, xususan, O‘zbekiston yangi tranzit nuqtasiga aylandi, deb yozdi The Insider. gazeta.uz »

2024-8-23 20:19

Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiyalarga o‘z manfaatlariga zarar keltiradigan tarzda “ko‘r-ko‘rona ergashmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari

Qozog‘iston G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga o‘z manfaatlariga zarar keltirish orqali “ko‘r-ko‘rona ergashmaydi”, dedi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston ikkinchi darajali sanksiyalar ostida “qolmaslik” uchun qoidalarga amal qilishda davom etadi. gazeta.uz »

2024-8-16 19:30

Migratsiya agentligi Rossiyaga kirishda o‘zbekistonliklarga to‘sqinlik qilinayotganini rad etdi

Rossiyaga kirishda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan borgan migrantlar chegarada ushlab turilgani, telefonlari olib qo‘yilib, ovqat va suvsiz qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiyadagi vakolatxona bilan bog‘lanilganini bildirib, bunday holatlar bo‘layotganini rad etdi. gazeta.uz »

2024-5-3 10:17