Ðåçóëüòàòîâ: 18

AQSh Eron bilan urushda yordam bermagan NATO davlatlaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishni ko‘rib chiqmoqda — WSJ

Tramp ma’muriyati Eron bilan urushda AQShga yetarlicha yordam bermagan NATO davlatlaridan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ittifoqchilardan norozi bo‘lgan Tramp avvalroq alyansdan butunlay chiqib ketish bilan tahdid qilgandi. Uning “ko‘ngli qolgan” a’zolar qatorida Ispaniya bor. gazeta.uz »

2026-4-9 15:23

Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan qatnashgan va buni yashirish uchun pasportini yirtib tashlagan fuqaro 3 yil 1 oyga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudida Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan qatnashgan 40 yoshli fuqaro 3 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. U Lugansk va Donetskda Rossiya armiyasi safida xizmat qilgan, so‘ng buni yashirish uchun pasportini yirtib tashlagan va Rossiya fuqaroligini olgan. gazeta.uz »

2025-10-15 16:15

“Munosabat bildiramiz”. Zelenskiy Ukrainadagi urushda O‘zbekiston fuqarolarining ishtirokini qayd etdi

Xarkovdagi batalonga borgan Vladimir Zelenskiyga ushbu yo‘nalishdagi urushda Xitoy, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston va Afrika mamlakatlaridan kelgan yollanma askarlar Rossiya safida jang qilayotgani haqida ma’lumot berildi. “Bunga munosabat bildiramiz”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2025-8-5 08:40

O‘zbekistondan 66 kishi Ukrainaga qarshi urushda Rossiya tarafida qatnashib halok bo‘lgan — BBC

O‘zbekistonning 66 fuqarosi Rossiya-Ukraina urushida Rossiya tomonida qatnashib halok bo‘lgan, deyiladi BBC o‘rganishlarida. Tojikiston bu ro‘yxatda yetakchi - 72 kishi. Halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning aksariyati Rossiyadagi qamoq jazosini “nollashtirishga” urinib, “Vagner” XHK bilan shartnoma tuzgan. gazeta.uz »

2025-7-14 10:28

Urushda qatnashgan o‘zbekistonlik 4 yildan sal ko‘proqqa ozodlikdan cheklandi

Toshkent viloyatida tug‘ilgan shaxs Rossiya Qurolli kuchlari tarkibida Ukrainaga qarshi urushda qatnashgani uchun 4 yil 1 oy muddatga ozodlikdan cheklandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, janglarda qatnashishga ulgurmagan - frontga ketayotganda erkak ko‘zidan ayrilgan va davolanishga jo‘natilgan, shundan so‘ng uyiga qaytgan. gazeta.uz »

2025-6-30 20:30

1110 nafar O‘zbekiston fuqarosi urushda ishtirok etish uchun Rossiya bilan shartnoma qilgan — “Yashashni istayman” loyihasi

Ukrainaning “Yashashni istayman” loyihasi urushda ishtirok etish uchun Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan 1110 nafar O‘zbekiston fuqarosining ismini oshkor qildi. Ulardan kamida 109 nafari halok bo‘lgan, eng kichigi 21 yoshga ham to‘lmagan. O‘zbekiston qonunchiligida bunday yollanishlar taqiqlangan. gazeta.uz »

2025-5-1 18:40

O‘zbekiston Falastindagi urushda jabrlangan bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyor — prezident

Shavkat Mirziyoyev arab-islom sammitida Falastin mojarosida harbiy harakatlarni to‘xtatish va xavfsiz gumanitar yo‘laklarni ta’minlash BMTning doimiy e’tiborida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi va mamlakat urushdan jabr ko‘rgan falastinlik bolalar va ayollarni davolash uchun qabul qilishga tayyorligini bildirdi. gazeta.uz »

2024-11-11 18:06