Ðåçóëüòàòîâ: 17

Prezident Ikkinchi jahon urushida o‘zbekistonlik askarni qutqargan britaniyalik er-xotinni mukofotladi

Ikkinchi jahon urushi davrida Jersi orolidagi fashistlar konslageridan qochib chiqqan o‘zbek askari Boqijon Akramovga uyidan joy berib, uning hayotini saqlab qolgan Buyuk Britaniya fuqarolari - marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlar “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Prezident bu bo‘yicha farmon imzoladi. gazeta.uz »

2026-5-2 21:42

Samarqandda Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan 22 yoshli yigitning ozodligi 5 yilga cheklandi

Samarqandda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan 22 yoshli fuqaro 5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. U Rossiyada narkotiklarga oid jinoyat uchun qamoqda bo‘lgan vaqtida harbiy shartnoma imzolab, Donetskda janglarda ishtirok etgan. Jarohatlangach, gospitaldan qochib, O‘zbekistonga qaytgan. gazeta.uz »

2026-4-30 12:22

Sirdaryo viloyatida Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan fuqaro ozodligi 4 yilga cheklandi

Guliston sudida Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan fuqaro 4 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. U Rossiyaga ishlashga borib, patent muddati tugagani sababli majburan urushga yollangan. 1 oycha xizmat qilgach, dronlar hujumi oqibatida yaralanib, gospitalga yuborilgan. So‘ng O‘zbekistonga qaytib kelgan. gazeta.uz »

2026-1-9 10:38

AQSh Markaziy Osiyodagi axborot urushida taslim bo‘ldi, bu Rossiya va Xitoy ta’siri uchun bo‘shliq yaratdi — Deniyel Rozenblyum

AQShning O‘zbekiston va Qozog‘istondagi sobiq elchisi Deniyel Rozenblyum AQSh Markaziy Osiyodagi axborot urushida “taslim bo‘lib”, Moskva va Pekinga yo‘l ochganini aytdi. U buni Trampning USAID dasturlarini yo‘q qilgani, OAVni moliyalashtirishni to‘xtatgani bilan bog‘lab: “Hozir eng katta muammomiz - o‘zimiz”, - dedi. gazeta.uz »

2025-9-22 09:03

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan o‘zbekistonlik 4 yilga ozodlikdan cheklandi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan 20 yoshli o‘zbekistonlik sudlandi. Sudda u Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolaganini pul yetishmovchiligi va qarzlari bilan izohladi. Yigit yaralangach, bo‘linmasini tark etgan, qo‘mondoni esa qo‘shimcha davolashdan bosh tortgan. U uyiga qaytib, DXXga aybini tan olgan. gazeta.uz »

2025-6-3 17:01

Rossiya va Ukraina urushida qatnashgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi 4 yilga cheklandi

Rossiya-Ukraina urushida qatnashib, jang maydonida harbiy istehkom qurish ishlariga jalb etilgan O‘zbekiston fuqarosiga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. U Rossiyada yashash qoidalarini buzganlikda ayblangan, jazo berilmasligi evaziga Rossiya qurolli kuchlari tarkibiga harbiy xizmat qilishga rozi bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-5-16 10:03