1-apreldan O‘zbekistonda ayrim to‘lovlar faqat naqdsiz bo‘ladi. Bu qanday ishlaydi?
1-apreldan ayrim tovar va xizmatlar uchun naqd pul bilan to‘lash mumkin emas - jumladan, alkogol va tamaki, 25 mln so‘mdan oshiq xaridlar uchun va yonilg‘i shoxobchalarida. Bunda kassada “naqd” tugmasi o‘chadi.









