Yil boshidan beri gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilishi oqibatida 196 mlrd so‘m zarar yetkazildi
2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 885 ta holat aniqlandi. Bu orqali davlat manfaatlariga qariyb 196 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.



