Qarzlarini yopish uchun Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan andijonlik yigit 3 yilga qamaldi
Andijonda Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan 26 yoshli fuqaro 3 yilga qamaldi. Sudlanuvchi avval Qozog‘istondagi universitet o‘qigan va ishlagan, keyin qarzlari sabab Rossiyaga ketib, u yerda armiya bilan shartnoma tuzganini aytdi. U Luganskdagi janglarda qatnashib, dron hujumida yaralangan. gazeta.uz »
