Ðåçóëüòàòîâ: 22

“Mastligimdan foydalanib, shartnoma imzolatishdi”. Surxondaryoda Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan 56 yoshli fuqaroning ozodligi 3,5 yilga cheklandi

Ishlash uchun Rossiyaga ketgan 56 yoshli o‘zbekistonlik harbiy shartnoma tuzib, Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan. Sudda u mast holatidan foydalanib shartnoma imzolatilganini, keyin esa ataylab okopga sakrab oyog‘ini sindirganini aytdi. Unga 3 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. gazeta.uz »

2026-7-13 09:18

“1 million rubl, fuqarolik va yer va’da qilishdi”. Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan samarqandlik fuqaroning ozodligi 4 yilga cheklandi

Rossiyaga ishlash uchun borgan samarqandlik 29 yoshli fuqaro u yerda qotillikda ayblanib, 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyin jazodan qutulish evaziga Rossiya-Ukraina urushiga yollangan, harbiy poligondan qochib O‘zbekistonga qaytgan. Sud unga 4 yil ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. gazeta.uz »

2026-6-29 12:26

Qoraqalpog‘istonda Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan 28 yoshli fuqaroning ozodligi 4,5 yilga cheklandi

Qoraqalpog‘istonlik yigit Rossiyaga ishlashga borib, giyohvandlikka oid jinoyat uchun qamalgan. Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainada jang qilgan. Gospitaldan qochib O‘zbekistonga qaytgan. U urushdagi o‘zbekistonliklarni qaytarishda ko‘maklashish istagini bildirdi. Unga 4 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. gazeta.uz »

2026-6-1 14:00

Samarqandda Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan 22 yoshli yigitning ozodligi 5 yilga cheklandi

Samarqandda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan 22 yoshli fuqaro 5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. U Rossiyada narkotiklarga oid jinoyat uchun qamoqda bo‘lgan vaqtida harbiy shartnoma imzolab, Donetskda janglarda ishtirok etgan. Jarohatlangach, gospitaldan qochib, O‘zbekistonga qaytgan. gazeta.uz »

2026-4-30 12:22

Sirdaryo viloyatida Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan fuqaro ozodligi 4 yilga cheklandi

Guliston sudida Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan fuqaro 4 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. U Rossiyaga ishlashga borib, patent muddati tugagani sababli majburan urushga yollangan. 1 oycha xizmat qilgach, dronlar hujumi oqibatida yaralanib, gospitalga yuborilgan. So‘ng O‘zbekistonga qaytib kelgan. gazeta.uz »

2026-1-9 10:38

“Neytral va juda muvozanatli ekanidan minnatdormiz”. Putin — O‘zbekistonning Rossiya-Ukraina urushidagi siyosati haqida

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning xalqaro axborot agentliklari vakillari bilan uchrashuvida O‘zA bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov ham qatnashdi. Suhbat chog‘ida Putin Rossiya-Ukraina urushida O‘zbekistonning siyosati betaraf va juda muvozanatli ekani uchun prezidentdan minnatdor ekanini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-6-6 13:46