“Mastligimdan foydalanib, shartnoma imzolatishdi”. Surxondaryoda Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan 56 yoshli fuqaroning ozodligi 3,5 yilga cheklandi
Ishlash uchun Rossiyaga ketgan 56 yoshli o‘zbekistonlik harbiy shartnoma tuzib, Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan. Sudda u mast holatidan foydalanib shartnoma imzolatilganini, keyin esa ataylab okopga sakrab oyog‘ini sindirganini aytdi. Unga 3 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. gazeta.uz »
