Ðåçóëüòàòîâ: 26

“Minani bosib olib, oyog‘imdan ayrildim”. Ukrainada jang qilgan 24 yoshli qoraqalpog‘istonlikning ozodligi 3,5 yilga cheklandi

Rossiyaga ishlashga borib, giyohvandlik jinoyati uchun qamalgan 24 yoshli o‘zbekistonlik jazodan erta ozod etilish evaziga Ukrainada Rossiya tomonida jang qilgan. Jangda oyog‘idan ayrilgach, O‘zbekistonga noqonuniy qaytgan. Sud unga 3 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. gazeta.uz »

2026-7-10 10:58

“Yana 10 yil jazo berilishini aytishdi”. Ukrainada jang qilgan 23 yoshli farg‘onalikning ozodligi 4 yilga cheklandi

Farg‘onalik yigit ishlash uchun Rossiyaga borib, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat uchun qamalgan. Uning aytishicha, qamoqxonada jazo muddati uzaytirilishi bilan qo‘rqitishgach, Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolab, Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan. Sud unga 4 yil ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. gazeta.uz »

2026-7-3 09:10

Namanganda Rossiya armiyasi safida Ukrainada jang qilgan 57 yoshli fuqaro 3 yilga qamaldi

Namanganda Rossiya-Ukraina urushida Rossiya tomonidan qatnashgan 57 yoshli fuqaro 3 yilga qamaldi. U avval o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, keyin Rossiyaga ketgan. Qarzlari va moddiy ahvoli sabab Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolab, Ukrainada jang qilgan, yaralangan va mukofot olgan. So‘ng O‘zbekistonga qaytgan. gazeta.uz »

2026-2-4 10:53

Rossiya safida Ukrainaga qarshi jang qilishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi 3 yilga cheklandi

O‘zbekiston fuqarosi fevralda Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan, biroq jangovar tayyorgarlikni tamomlab, harbiy lagerdan qochib, uyiga qaytgan. Sud jazoni yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, unga “Yollanish” moddasi bo‘yicha uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. gazeta.uz »

2024-7-16 16:03