Rossiya safida Ukrainaga qarshi jang qilishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi 3 yilga cheklandi
O‘zbekiston fuqarosi fevralda Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan, biroq jangovar tayyorgarlikni tamomlab, harbiy lagerdan qochib, uyiga qaytgan. Sud jazoni yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, unga “Yollanish” moddasi bo‘yicha uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. gazeta.uz »
