Ðåçóëüòàòîâ: 20

Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda

Ozarbayjon AZAL samolyotining 38 kishi o‘lishiga sabab bo‘lgan halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda, dedi Ilhom Aliyev. U Rossiyadan 7 oy davomida birorta ham aniq javob olmaganini va adolat qaror topishi kerakligini bildirdi. Bu hodisadan so‘ng ikki mamlakat aloqalari taranglashgan. gazeta.uz »

2025-7-21 10:14

Farg‘ona aeroportida S7 aviakompaniyasi samolyoti g‘ildiragida nosozlik yuz berdi

S7 aviakompaniyasining Novosibirskdan uchgan samolyoti Farg‘ona aeroportiga qo‘nish jarayonida g‘ildiragining yarmidan ayrildi. Yo‘lovchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish-qo‘nish yo‘lagiga tushirilgan. Yo‘lak yopilgani sababli bitta reys Toshkentga yo‘naltirilgan. Aeroport 2 soatdan so‘ng odatdagi ish rejimiga qaytgan. gazeta.uz »

2025-3-13 09:43

Uzbekistan Airways Boeing 787 Dreamliner samolyoti qanotidagi bo‘yoq ko‘chib ketganiga izoh berdi

Uzbekistan Airways`ning xabar berishicha, Boeing 787 Dreamliner samolyotining kompozit qismlarida bo‘yoqning ko‘chib ketishi muammosi bir necha yillardan buyon kuzatilmoqda. Boeing tavsiyasiga ko‘ra, ekspluatantlar samolyot qayta bo‘yalguniga qadar vaqtincha maxsus yopishqoq lentadan foydalanmoqda. gazeta.uz »

2024-3-13 17:44