Vladivostokka uchgan Uzbekistan Airways samolyoti Krasnoyarskka favqulodda qo‘ndi
Uzbekistan Airways`ning HY707 reysi bilan Toshkentdan Vladivostokka uchayotgan Boeing 767−300 samolyoti texnik sabablar tufayli Krasnoyarskka favqulodda qo‘ndi. Tafsilotlar ochiqlanmadi. Bortda 101 yo‘lovchi va 21 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Parvozni davom ettirish uchun zaxira samolyot yuboriladi. gazeta.uz »



