Andijonda attraksion qulashi oqibatida ikki kishi jarohatlandi
Andijon shahridagi “Bog‘ishamol” istirohat bog‘ida attraksionning temir konstruksiyasi sinib, quladi. FVB hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro yengil jarohat olganini bildirdi. gazeta.uz »
Qulashi - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Andijon shahridagi “Bog‘ishamol” istirohat bog‘ida attraksionning temir konstruksiyasi sinib, quladi. FVB hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro yengil jarohat olganini bildirdi. gazeta.uz »
Gruziya-Ozarbayjon chegarasida Turkiyaning C-130 rusumli harbiy yuk samolyoti halokatga uchradi va undagi barcha - 20 kishi halok bo‘ldi. Samolyot “xavf signalini bermasdan”, radardan g‘oyib bo‘lgan. Uning qulash sababi o‘rganilmoqda. gazeta.uz »
AQShning Kentukki shtatida UPS kompaniyasining yuk samolyoti halokatga uchradi, oqibatda kamida 7 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi. Samolyot bortida taxminan 144 ming litr yonilg‘i bo‘lgan, hodisadan so‘ng yong‘in boshlanib, keng hududga tarqaldi. gazeta.uz »
“Do‘mbirobod siti” hududida qurilish krani qulab tushishi oqibatida uning 25 yoshli boshqaruvchisi halok bo‘ldi. Yana ikki ishchi shifoxonaga yotqizildi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, montaj tashkiloti jarayon paytida texnik talablarga rioya etmagan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »
Toshkent shahri hokimligi poytaxt aholisini yog‘gan kuchli qordan so‘ng daraxtlar va yengil qurilmalar qulashidan ogohlantirdi. Hokimlik gaz bosimi o‘zgarishlariga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi. gazeta.uz »
Jeju Air samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va Koreya janubi-g‘arbidagi Muan aeroportida to‘siqqa urildi. Samolyotda 175 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hozircha 120 kishi halok bo‘lgani aniqlandi, 2 kishi qutqarib qolingan. gazeta.uz »
Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan, deya ma’lum qildi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Kanat Bozumbayev. 29 kishi, jumladan, 3 bola shifoxonaga yotqizilgan. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istonda qulashi oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan Ozarbayjon va Rossiya rahbarlariga hamdardlik bildirdi. gazeta.uz »
Taxtaqoracha dovonida tog‘dan ulkan tosh avtomobilga qulashi oqibatida uch kishi, jumladan, ikki nafar Vengriya fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi chuqur ta’ziya izhor etib, marhumlarning jasadlarini vataniga qaytarishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. gazeta.uz »
Olmazor tumanidagi maktabda tunda futbol o‘ynagani borgan bolalardan biri darvoza to‘siniga osilib, undan yiqilib tushdi. 17 yoshli yigit yiqilganidan so‘ng uning ustiga darvoza to‘sini qulashi ortidan vafot etdi. gazeta.uz »
Shirin shahrida Nexia 2 avtomobili Janubiy Mirzacho‘l kanaliga quladi. Oqibatda haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi, deb yozmoqda Mehr agentligi. Unga ko‘ra, prezidentdan tashqari, tashqi ishlar vaziri hamda Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori ham halok bo‘lgan. gazeta.uz »
Hindistonda chang bo‘roni va jala vaqtida ulkan reklama banneri qulab tushdi, oqibatda kamida 14 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi. Mahalliy hokimiyat vakillari 250 tonnalik bilbord noqonuniy ravishda o‘rnatilganini aytdi. gazeta.uz »
Veolia Energy Tashkent ustiga daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan bir yoshli qizning oilasiga yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi. Kompaniya ish jarayonlariga, jumladan, ta’mirlash ishlariga o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda. gazeta.uz »