Toshkentda qurilish krani qulashi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi jarohatlandi
“Do‘mbirobod siti” hududida qurilish krani qulab tushishi oqibatida uning 25 yoshli boshqaruvchisi halok bo‘ldi. Yana ikki ishchi shifoxonaga yotqizildi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, montaj tashkiloti jarayon paytida texnik talablarga rioya etmagan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »