Ðåçóëüòàòîâ: 44

Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon prezidentlari Toshkentda o‘tgan uchrashuvda nimalar haqida gaplashdi?

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi ilk bor Ozarbayjon bilan to‘laqonli ishtirokchi sifatida o‘tkazildi. Yetakchilar savdo, transport bog‘liqligi, energetika va raqamli integratsiyani yaxshilash bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. Chiqishlardan asosiy qismlar - Gazeta obzorida. gazeta.uz »

2025-11-17 17:59

Ozarbayjon MO davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvining to‘la huquqli a’zosiga aylandi

Ozarbayjon endi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida faxriy mehmon emas, balki to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etadi. Bu bo‘yicha yetakchilar tomonidan prinsipial qaror qabul qilindi, deya e’lon qildi Shavkat Mirziyoyev. Format “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon” nomini oladi. gazeta.uz »

2025-11-16 10:14

Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari va Ozarbayjon prezidenti Islom sivilizatsiyasi markaziga bordi

Toshkentga kelgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon prezidentlari Shavkat Mirziyoyev bilan birga Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Ular ekspozitsiya bilan tanishib, O‘zbekiston ta’sis etgan birinchi xalqaro mukofot - “Kelajak merosi” sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi. gazeta.uz »

2025-11-15 19:21

Ozarbayjon Markaziy Osiyo va Yevropani bog‘lashda strategik ko‘prik vazifasini bajarib kelyapti — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti “O‘zbekiston, Ozarbayjon va Yevropa: umumiy taraqqiyot yo‘lida hamkorlik” mavzusida o‘tayotgan uchrashuv ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. Unda Ozarbayjon MO va Yevropani bog‘lashda strategik ko‘prik vazifasini bajarib kelayotganini alohida qayd etdi. gazeta.uz »

2025-8-18 14:23

Mirziyoyev Aliyevni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik deklaratsiyasi imzolangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik deklaratsiyasi imzolangani bilan tabrikladi. Prezident bitimning tez fursatda rasman imzolanishi Janubiy Kavkazda tinchlik, barqarorlik va ravnaqni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirdi. gazeta.uz »

2025-8-10 09:31

O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik sulhini olqishlaydi — TIV

O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik sulhini olqishlashini ma’lum qildi. “Sulhga Ozarbayjon va Armaniston yetakchilarining kuchli siyosiy irodasi va qat’iyati, shuningdek, AQSh prezidentining tinchlikparvar sa’y-harakatlari tufayli erishildi, deb hisoblaymiz”, - deyiladi TIV bayonotida. gazeta.uz »

2025-8-9 15:33

Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda

Ozarbayjon AZAL samolyotining 38 kishi o‘lishiga sabab bo‘lgan halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda, dedi Ilhom Aliyev. U Rossiyadan 7 oy davomida birorta ham aniq javob olmaganini va adolat qaror topishi kerakligini bildirdi. Bu hodisadan so‘ng ikki mamlakat aloqalari taranglashgan. gazeta.uz »

2025-7-21 10:14

O‘zbekiston va Ozarbayjon Yevropaga elektr energiyasi eksporti loyihasi realizatsiyasini tezlatmoqchi

Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishida O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari O‘rta yo‘lak orqali tashilayotgan o‘zbek yuklari hajmi 25% ga oshganini qayd etdi. Shuningdek, ular Yevropaga elektr energiyasi eksport qilish loyihasini tayyorlashni tezlashtirishga kelishib oldi. gazeta.uz »

2025-7-2 16:11

Prezident Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari bilan maxsus xizmatlar hamkorligi masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi. Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik va boshqa xavflarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligini mustahkamlash masalasi muhokama qilindi. gazeta.uz »

2024-10-17 17:32

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari — yangi aviaqatnovlar, Toshkent va Bokudagi “Boqiy shahar” majmualari, dengiz orqali yuk tashish haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmonlari bilan uchrashuvda qo‘shma investitsiya fondi miqdorini, aviaqatnovlar sonini oshirish, Boku va Toshkentda “Boqiy shahar” majmualarini qurish taklifini bildirdi. gazeta.uz »

2024-8-27 14:11

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma imzoladi

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida qator hujjatlar, jumladan, Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish rejasi va boshqalar imzolandi. gazeta.uz »

2024-8-23 13:45

“Ozarbayjon bilan ishonchli strategik hamkor edik, bugundan boshlab ittifoqdoshmiz” — Shavkat Mirziyoyev

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazildi. Shavkat Mirziyoyev Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi haqida gapirib, bu galgi tashrif tarixiy voqea ekanini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-8-23 12:33