Đĺçóëüňŕňîâ: 198

Foto: O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistondagi ilk xalqaro toifadagi golf-klub ochilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlari bilan birga Cho‘lponota shahrida Qirg‘izistondagi ilk xalqaro toifadagi golf-klubning ochilish marosimida ishtirok etdi. Davlat rahbarlari ramziy ilk zarbani berib, dam olish majmuasining rasman ochilganini e’lon qildi. Foto. gazeta.uz »

2026-7-30 20:28

O‘zbekiston fuqarolarining Qirg‘izistonda ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddati 15 kungacha uzaytirildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolarning ikki mamlakat hududida bo‘lish qoidalarini soddalashtirdi. 30-iyul kuni imzolangan protokolga muvofiq, ikki davlat fuqarolari qo‘shni mamlakat hududida doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddati 5 kundan 15 kungacha uzaytirildi. gazeta.uz »

2026-7-30 17:55

O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarni ittifoqchilik darajasiga ko‘tardi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Shuningdek, davlat chegarasining uchastkalari, “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish, fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari va Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi. gazeta.uz »

2026-7-30 14:01

Toshkentda Chirchiq daryosining 24 kilometrlik qirg‘oqbo‘yi hududini rivojlantirish bo‘yicha yangilangan loyiha taqdim etildi (foto)

Toshkentda Chirchiq daryosini toraytirish hisobiga qirg‘oqbo‘yi hududini rivojlantiruvchi yangilangan Daryo bo‘yi business city loyihasi taqdim etildi. U ilk bor 2020-yilda e’lon qilingan bo‘lib, o‘shanda daryoning 16 km qismini egallashi reja qilingandi. Endi bu masofani 24 km ga uzaytirish ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2026-6-15 12:32

Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya Armanistonni YOII va YI o‘rtasida tanlov qilish bo‘yicha referendum o‘tkazishga chaqirdi

Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya rahbarlari Armanistonni mamlakat YOII tarkibida qolishi yoki YIga a’zo bo‘lish yo‘lida davom etishi bo‘yicha referendum o‘tkazishga chaqirdi. Putin, shuningdek, Yerevanni YOIIdan chiqqan taqdirda “yuz berishi mumkin bo‘lgan jiddiy iqtisodiy oqibatlardan” ogohlantirdi. gazeta.uz »

2026-5-30 16:54

Qirg‘izistonda 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun elektrosamokatlar ijarasi taqiqlanishi mumkin

Qirg‘izistonda voyaga yetmaganlarning elektrosamokat kabi individual mobillik vositalarini boshqarishini taqiqlash taklif etilmoqda. O‘smirlarda boshqaruv ko‘nikmalarining yo‘qligi ham ularning o‘zlari, ham yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun xavf tug‘dirmoqda, deyiladi hujjatda. gazeta.uz »

2026-5-26 21:24

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi uchta nazorat-o‘tkazish punkti uzluksiz ish rejimiga o‘tdi

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi “Qadamjoy”, “Chechme” va “Oq-Qiya” (Botken viloyati) nazorat-o‘tkazish punktlari yozgi turistik mavsum munosabati bilan uzluksiz ish rejimiga o‘tkazildi. Bu tartib faqat ikki davlat fuqarolari uchun amal qiladi va 2026-yil 1-oktabrgacha davom etadi. gazeta.uz »

2026-5-21 12:27

Sadir Japarov Qirg‘izistonni BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylashga chaqirdi

Sadir Japarov jahon yetakchilarini iyundagi saylovlarda Qirg‘izistonni BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga saylashga chaqirdi. U o‘z mamlakati “pragmatik va siyosiylashtirilmagan qarorlar”ni ilgari surishga tayyorligini hamda MO davlatlarining yakdil qo‘llab-quvvatloviga ega ekanini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-5-18 12:28

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilariga elektrni tejash maqsadida ishga pidjaksiz kelish majburiyati yuklandi

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilariga elektr energiyasini tejash uchun pidjakdan voz kechish va ishga ko‘ylakda kelish buyurildi. “Hozir kostyumda ishlayapmiz va konditsionerlarni yoqyapmiz. Agar shunchaki ko‘ylak kiyib yursak, konditsionerni yoqmasa ham bo‘ladi”, - deya tushuntirdi mamlakat bosh vaziri Adilbek Kasimaliyev. gazeta.uz »

2026-5-16 17:47

Qirg‘iziston Rossiyaga sanksiyalarni aylanib o‘tishga yordam bermayapti — bosh vazir

Qirg‘iziston bosh vaziri Adilbek Kasimaliyev uning mamlakati Rossiyaga qarshi “cheklovlarni aylanib o‘tishda ishtirok etmayotganini” aytdi. Unga ko‘ra, Qirg‘iziston YeI, AQSh va Buyuk Britaniyaning sanksiyalari ro‘yxatiga tushgan mahalliy banklarni tekshirish uchun xalqaro auditorlik kompaniyalariga murojaat qilgan. gazeta.uz »

2026-5-14 17:53

“Vaziyat boshidanoq nazorat ostida edi”. Japarov — Qirg‘izistondagi siyosiy intrigalar haqida

Qirg‘iziston prezidenti MXDQ sobiq raisi Qamchibek Tashiyev iste’fosi va parlamentdagi siyosiy intrigalarga izoh berdi. Japarov vaziyatni boshidanoq nazorat qilgani, qonun oldida yaqin do‘stlari va qarindoshlari ham teng ekanini ta’kidladi: “Men uchun „do‘st“, „qarindosh“, „yaqin inson“ degan tushunchalar yo‘q”. gazeta.uz »

2026-4-28 20:03

“Pozitsiyamiz inobatga olinmayapti”. Qirg‘iziston TIV YeI sanksiyalaridan norozilik bildirdi

Qirg‘iziston YeIning 20-sanksiya paketi doirasida mamlakatga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar qo‘llanishini “afsus bilan” qabul qildi, deydi TIV. Vazirlik ma’lumotlar ochiq taqdim etilayotganiga qaramay, mamlakat pozitsiyasi e’tiborsiz qolayotgani va bu ikki tomonlama ishonchga putur yetkazishidan xavotir bildirdi. gazeta.uz »

2026-4-28 09:44

Qirg‘izistonda davlat organlariga G‘arb sanksiyalari oqibatlarini yumshatish topshirildi

Qirg‘iziston hukumati davlat organlariga mamlakatga qarshi joriy etilgan sanksiyalar oqibatlarini minimallashtirish choralarini ko‘rishni topshirdi. Shuningdek, Qirg‘iziston kompaniyalarini G‘arb davlatlarining sanksiya ro‘yxatlaridan chiqarish choralarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi. gazeta.uz »

2026-4-27 16:11

Qirg‘iziston MXDQ sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev IIVda guvoh sifatida so‘roq qilinmoqda

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilinmoqda. Boshqa tafsilotlar hozircha noma’lum. Bir oy avval Sadir Japarov Tashiyevni ishdan bo‘shatish qarorini jamiyatdagi bo‘linishning oldini olish istagi bilan izohlagandi. gazeta.uz »

2026-3-19 11:00

Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi prezidentlik saylovini muddatidan oldin o‘tkazish uchun asoslar yo‘qligini bildirdi

Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi Konstitutsiyaning yangi tahriri qabul qilingani sababli muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish uchun asoslar yo‘qligi haqida qaror chiqardi. Ta’kidlanishicha, amaldagi prezident Sadir Japarovning vakolat muddati muddatidan oldin tugatilmagan. gazeta.uz »

2026-2-17 19:57

Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi prezident taklif qilgan o‘lim jazosini qaytarish loyihasini nomaqbul deb topdi

Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi o‘lim jazosini qaytarishni huquqiy jihatdan mumkin emas va nomaqbul deb topdi. Organ prezidentning bolalarni zo‘rlash, zo‘rlash bilan bog‘liq qotillik uchun o‘lim jazosini qo‘llashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi taqdimnomasiga shunday xulosa berdi. gazeta.uz »

2025-12-11 11:50

Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘tovlari YUNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi

YUNESKO qoraqalpoq, qozoq va qirg‘iz o‘tovlari tayyorlashning an’anaviy bilim va ko‘nikmalarini Nomoddiy madaniy merosning reprezentativ ro‘yxatiga kiritdi. O‘zbekiston nominatsiyani kengaytirish g‘oyasini ilgari surdi, buning natijasida mavjud ro‘yxatga qoraqalpoq an’analari ham qo‘shildi. gazeta.uz »

2025-12-10 20:32