Namangandagi Qirg‘iziston bilan chegarada 19 kg narkotik modda olib o‘tayotgan shaxslar ushlandi
Uychi tumanida Qirg‘iziston bilan chegarada 2 fuqaroning yuk xaltasidan 19 kilogramm 169 gramm gashish moddasi topildi. Ular qirg‘izistonlik narkosavdogar bilan til biriktirib, ushbu narkotik moddani kelgusida sotish maqsadida O‘zbekistonga kontrabanda qilgani aniqlandi. gazeta.uz »


