2025-6-2 20:51 |
Qozog‘iston bilan chegarada qo‘shni davlat fuqarosidan hujjatsiz olib chiqib ketilayotgan 15 dona sharq bo‘g‘ma ilonlari olib qo‘yildi. Ilonlar Toshkent hayvonot bog‘iga o‘tkazildi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
2025-6-2 20:51 |
Qozog‘iston bilan chegarada qo‘shni davlat fuqarosidan hujjatsiz olib chiqib ketilayotgan 15 dona sharq bo‘g‘ma ilonlari olib qo‘yildi. Ilonlar Toshkent hayvonot bog‘iga o‘tkazildi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
Qozog‘iston superprezidentlik boshqaruv shakli bilan uzil-kesil xayrlashib, kuchli parlamentga ega prezidentlik respublikasiga o‘tmoqda, deb bayonot berdi prezident Qasim-Jomart Toqayev. Bu o‘zgarishlar yangi Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yiladi, uning loyihasi hozirda muhokama bosqichida turibdi. gazeta.uz »
2026-02-10 12:53
“G‘ishtko‘prik” (Chernyayevka) chegara bojxona posti 2026-yil yozida ochilishi rejalashtirilgan. Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi post ochilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. O‘zbekiston o‘z hududidagi NO‘Pni modernizatsiya qilish ishlarini yakunlagan va Qozog‘iston tomonidagi qurilish ishlari tugallanishini kutmoqda. gazeta.uz »
2025-12-15 11:50
Qozog‘iston TIV Ukrainaning Novorossiysk yaqinidagi Kaspiy quvurlari konsorsiumi terminaliga hujumi munosabati bilan norozilik bildirdi, u orqali Qozog‘iston nefti eksportining qariyb 80 foizi o‘tadi. gazeta.uz »
2025-12-01 14:05
Qosim-Jomart Toqayev AQSh prezidenti bilan uchrashuvda Qozog‘istonning Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilish niyatini ma’lum qildi. Bitim Tramp tashabbusi bilan 2020-yilda Isroil va 4 ta arab davlat ishtirokida tuzilgan. gazeta.uz »
2025-11-07 06:26
Qozog‘iston hukumati 16-oktabrdan boshlab tezlashayotgan inflyatsiya fonida Ai-92 benzini va dizel yoqilg‘isi narxi, shuningdek, kommunal tariflarni oshirishga moratoriy joriy qildi. gazeta.uz »
2025-10-16 20:11
Qozog‘iston prezidenti bir palatali parlamentga o‘tishni taklif qildi. Siyosatshunos Gaziz Abishev buni parlamentni kuchaytirish va avtokratiyani jilovlash sari qadam deb bilmoqda. QMIPI professori Nurseit Niyazbekovga ko‘ra, bu qarorlar qabul qilishni tezlashtirishi mumkin, ammo demokratlashtirishga olib kelmaydi. gazeta.uz »
2025-09-12 12:47
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat parlamentini bir palatali qilishni va bu masalani referendumga qo‘yishni taklif etdi. U 2027-yilda bo‘lib o‘tishi mumkin. gazeta.uz »
2025-09-08 15:35
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Narbayevaga “ikki tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish yo‘lidagi tinimsiz sa’y-harakatlari uchun” II darajali “Dostiq” (“Do‘stlik”) ordenini topshirdi. gazeta.uz »
2025-08-18 16:06
Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirdi. Ko‘rsatkich Qozog‘istonda 14,77 ming dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Rossiyada 14,26 ming dollar bo‘lib turibdi. gazeta.uz »
2025-08-15 09:48
O‘zbekistondagi qator chegara bojxona postlariga yengil avtotransport vositalarini skaner qiluvchi zamonaviy inspeksion ko‘rik majmuasi - Z portal qurilmasi o‘rnatilmoqda. Avvalroq bunday qurilma “G‘ishtko‘prik” postiga o‘rnatilgan bo‘lsa, shu kunlarda “Navoiy” postiga o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda. gazeta.uz »
2025-08-13 19:09
Qosim-Jomart Toqayev avvalroq Qozog‘iston tovarlari importiga bojlar joriy etilishini e’lon qilgan Donald Trampga javob maktubini yo‘lladi. Uning qayd etishicha, Qozog‘iston AQSh bilan savdoni rivojlantirish tarafdori va murosaga kelishga tayyor. gazeta.uz »
2025-07-10 12:07
Qozog‘iston parlamenti jamoat joylarida yuzni to‘sadigan kiyimlarni kiyishni taqiqlovchi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Hujjat endi mamlakat prezidenti tomonidan imzolanishi kerak. gazeta.uz »
2025-06-27 09:30
Qozog‘iston atom energiyasi agentligi va Rossiyaning “Rosatom” kompaniyasi Olmaota viloyatining Jambil tumanida mamlakatdagi birinchi AES qurilishi loyihasi bo‘yicha yo‘l xaritasini tasdiqladi. gazeta.uz »
2025-06-20 14:14
Qozog‘iston o‘zining birinchi atom elektr stansiyasini qurish uchun hamkor tanlashni yakunladi. Baholash natijalariga ko‘ra, xalqaro konsorsiumga rahbarlik qiladigan Rossiyaning “Rosatom” kompaniyasi g‘olib deb topildi. gazeta.uz »
2025-06-14 16:48
Futbol bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi murabbiyi O‘zbekistonni Jahon chempionatiga yo‘l olgani bilan tabrikladi. Shu bilan birga, u UEFAda ishtirok etish ko‘proq afzalliklarni, jumladan, top jamoalar bilan o‘yinlar va yaxshigina moliyalashtirishni taqdim etishini ta’kidladi. gazeta.uz »
2025-06-09 10:37
O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasidagi “Navoiy” (“Kaplanbek”) chegara bojxona postida avtomashinalar navbatlariga barham berildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi. Kunning ikkinchi yarmida bu yerda ikki davlat bojxona xizmatlari rahbarlari uchrashdi. gazeta.uz »
2025-06-04 21:03
Qozog‘iston Majilisi deputatlari nikohga majburlash uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladigan tuzatishlarni qabul qildi. Jazo jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, shuningdek, 2 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi. gazeta.uz »
2025-05-28 17:08
DXX Toshkent viloyatida Qozog‘iston orqali olib kirilgan 8 kg ga yaqin “Mefedron” va “Al’fa-PVP” sintetik narkotiklar aylanmasiga chek qo‘ydi. Telegram orqali boshqarilgan tarmoqka aloqador 7 nafar shaxs ushlandi, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
2025-05-20 21:42
“Dovut ota” va “Tajen” chegara punktlari 1-sentabrgacha yopiq bo‘ladi. O‘zbekiston va Qozog‘iston rekonstruksiya va qurilish ishlari davom etayotgani munosabati bilan chegarani kesib o‘tishga cheklovni uzaytirishga kelishib oldi. gazeta.uz »
2025-05-19 13:24
Qozog‘iston rasmiylari investor vizasini olishning yangi qoidalarini kiritmoqda. Vizaga Qozog‘iston kompaniyalari ustav kapitaliga yoki mahalliy emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarga kamida 300 ming dollar sarmoya kiritganlar ariza topshira oladi. gazeta.uz »
2025-05-01 17:45
Qozog‘iston Milliy banki asosiy stavkani birdaniga 1,25 foiz punktiga oshirib, 16,5 foizga yetkazdi. Regulyator qarorini o‘sib borayotgan inflyatsiya risklari bilan bog‘ladi, shuningdek, inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish prognozini yomonlashtirdi. gazeta.uz »
2025-03-07 20:14
O‘zbek-qozoq chegarasidagi “Navoiy” - “Qoplonbek” chegara bojxona posti qayta qurilishdan so‘ng ochildi. U 2022-yilning noyabrida modernizatsiya ishlari sabab yopilgandi. Post yonida avtoturargoh qurildi, xalqaro yo‘nalishdagi avtotransportlar uchun elektron navbat tizimini yo‘lga qo‘yish ham kutilmoqda. gazeta.uz »
2025-01-27 15:07
Qozog‘iston hukumati kartoshka eksportini olti oyga chekladi. Qaror bu mahsulotning, xususan, O‘zbekistonga eksport hajmi oshishi va narxi keskin ko‘tarilishi fonida qabul qilindi. 11 oy ichida O‘zbekiston import qilgan kartoshkaning deyarli 75 foizi Qozog‘istondan olib kelingan. gazeta.uz »
2025-01-20 13:18
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 2027-yilda ishga tushirilishi kutilayotgan yangi temiryo‘l quriladi. Liniyaning qurilishi mavjud Sariag‘ash - Toshkent uchastkasidan yuklarni yangi tarmoqqa yo‘naltirish va O‘zbekistonga eksport tashish hajmini oshirish imkonini beradi, deya ta’kidladi QTY. gazeta.uz »
2025-01-05 11:42
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida “Ipak yo‘li” temiryo‘l sayohati turi yo‘lga qo‘yiladi. “Olmaota - Turkiston - Toshkent - Olmaota” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 2024-yil 16-noyabr kuni yo‘lga chiqadi. gazeta.uz »
2024-11-14 12:33
Qozog‘iston “yaqin kelajakda” BRIKSga ariza berishdan bosh tortadi, dedi Qosim-Jomart Toqayevning matbuot kotibi, uning so‘zlariga ko‘ra, BMT “universal tashkilot” sifatida ustuvor ahamiyatga ega. Toqayevning o‘zi avvalroq BRIKSga a’zolikka qiziqish bildirgandi. gazeta.uz »
2024-10-16 21:00
Qozog‘iston hukumati AES qurish bo‘yicha beshtagacha davlatni o‘z ichiga oladigan xalqaro konsorsium tuzish niyatida. Yetkazib beruvchilarni tanlash bo‘yicha qaror kelasi yili qabul qilinadi. gazeta.uz »
2024-10-08 21:09
Qozog‘iston 2015-yildan beri ilk marta yevroobligatsiyalar chiqaradi. Mamlakat Moldova investorlari bilan uzoq muddatli kelishmovchilikni hal qilgandan so‘ng yevrobondlar chiqarishni boshlashga muvaffaq bo‘ldi. gazeta.uz »
2024-10-04 10:13
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi mahalliy hokimiyat organlarining boshqa tadbirlar o‘tkazish, tanlangan vaqt va joyda ta’mirlash ishlarini olib borish kabi sabablar bilan tinch yig‘ilishlarni o‘tkazishdan bosh tortishi qanchalik qonuniy ekanini ko‘rib chiqadi. gazeta.uz »
2024-09-05 15:42
Qozog‘iston Tojikistonning Rog‘un GESidan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilmoqchi. O‘zbekiston ham avval shu stansiyadan elektr xarid qilishni ko‘rib chiqqandi. Tojikiston GES qurilishini yakunlashga tashqi moliyalashtirish olish uchun energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishi kerak. gazeta.uz »
2024-08-29 17:53
Qozog‘iston sudi birinchi marta egalari qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritganini isbotlay olmagan aktivlarni davlat hisobiga o‘tkazdi. 10 million dollardan ortiq mablag‘, xususan, qimmatbaho zargarlik buyumlari va tarixiy buyumlar musodara qilindi. gazeta.uz »
2024-08-23 22:15
Qozog‘iston SSV mamlakatga maymunchechak kirib kelishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilganini ma’lum qildi. Xususan, aeroportlar va chegara o‘tish joylarida nazorat choralari kuchaytirildi. gazeta.uz »
2024-08-19 08:27
Qozog‘iston G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga o‘z manfaatlariga zarar keltirish orqali “ko‘r-ko‘rona ergashmaydi”, dedi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston ikkinchi darajali sanksiyalar ostida “qolmaslik” uchun qoidalarga amal qilishda davom etadi. gazeta.uz »
2024-08-16 19:30
Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi namoyishlar bo‘yicha o‘z vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topildi va besh yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. gazeta.uz »
2024-08-09 18:54
Qozog‘istonda o‘tayotgan “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari munosabati bilan Ostonaga borgan O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani Qosim-Jomart Toqayev qabul qildi. Qozog‘iston rahbari ikki davlat prezident adminstratsiyalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi. gazeta.uz »
2024-08-05 13:50
Qozog‘istonda endi Toncoin kriptovalyutasi bilan tegishli litsenziyaga ega platformalarda erkin savdo qilish mumkin. Qaror Pavel Durovning mamlakatga tashrifi chog‘ida qabul qilindi. gazeta.uz »
2024-07-01 15:17
Ostona apellyatsiya sudi rafiqasi Saltanat Nukenovani qiynoqqa solib o‘ldirganlikda ayblanib, 24 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi. gazeta.uz »
2024-06-26 17:35
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat “zamonaviy Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi va bu rejim uzoq muddatli omil ekanini anglagan holda” “Tolibon"ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarganini aytdi. gazeta.uz »
2024-06-03 19:01
Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston va O‘zbekistonning ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, fuqaro mudofaasi va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. gazeta.uz »
2024-05-21 09:51
Qozog‘iston prezidenti Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari kotiblari bilan bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda “mintaqa davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va ularni bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqi kuchlarga birgalikda qarshilik ko‘rsatishga” chaqirdi. gazeta.uz »
2024-05-17 14:55
Qozog‘istonda turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani o‘ldirganlikda ayblangan sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev ishi bo‘yicha hukm chiqarildi. Sud uni aybdor deb topib, 24 yilga ozodlikdan mahrum qildi. gazeta.uz »
2024-05-13 18:34
Qozog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi norozilik namoyishlarida ayblanib hibsga olindi. U hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda. gazeta.uz »
2024-04-30 12:31
Qozog‘iston hukumati TikTok platformasini bloklash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ularning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar orasida mamlakatda tarqatish taqiqlangan materiallar soni bo‘yicha aynan TikTok yetakchilik qilmoqda. gazeta.uz »
2024-04-23 19:22
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatdagi eng yirik suv toshqinlari fonida hukumatga budjet mablag‘larini tejash maqsadida imidj yaratish va yirik tadbirlarni o‘tkazishdan voz kechishni buyurdi. gazeta.uz »
2024-04-16 18:32
Qosim-Jomart Toqayev oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashga qaratilgan qonunni imzoladi. Qonun bilan ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakli uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi normalar joriy etilmoqda. gazeta.uz »
2024-04-15 13:06
Qozog‘istonda oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonun qabul qilindi. Hujjat kaltaklash va qasddan badanga yengil shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi, badanga o‘rtacha va og‘ir shikast yetkazish uchun javobgarlikni kuchaytiradi. Endi qonunni prezident imzolashi kerak. gazeta.uz »
2024-04-12 10:18
Urganch aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayevni kutib oldi. Foto. gazeta.uz »
2024-04-05 11:25
Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Xiva shahrida ikki davlat o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi. Asosiy mavzular - o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni rivojlantirish. gazeta.uz »
2024-04-04 17:11
Qozog‘istonda neft mahsulotlarini avtomobil transportida olib chiqishga qo‘yilgan taqiq yana olti oyga uzaytiriladi. So‘nggi cheklov 2022-yil iyul oyida joriy qilingandi. gazeta.uz »
2024-03-19 16:09