
2024-10-9 21:09 |
Qozog‘iston hukumati AES qurish bo‘yicha beshtagacha davlatni o‘z ichiga oladigan xalqaro konsorsium tuzish niyatida. Yetkazib beruvchilarni tanlash bo‘yicha qaror kelasi yili qabul qilinadi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
2024-10-9 21:09 |
Qozog‘iston hukumati AES qurish bo‘yicha beshtagacha davlatni o‘z ichiga oladigan xalqaro konsorsium tuzish niyatida. Yetkazib beruvchilarni tanlash bo‘yicha qaror kelasi yili qabul qilinadi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
Qozog‘iston Milliy banki asosiy stavkani birdaniga 1,25 foiz punktiga oshirib, 16,5 foizga yetkazdi. Regulyator qarorini o‘sib borayotgan inflyatsiya risklari bilan bog‘ladi, shuningdek, inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish prognozini yomonlashtirdi. gazeta.uz »
2025-03-07 20:14
O‘zbek-qozoq chegarasidagi “Navoiy” - “Qoplonbek” chegara bojxona posti qayta qurilishdan so‘ng ochildi. U 2022-yilning noyabrida modernizatsiya ishlari sabab yopilgandi. Post yonida avtoturargoh qurildi, xalqaro yo‘nalishdagi avtotransportlar uchun elektron navbat tizimini yo‘lga qo‘yish ham kutilmoqda. gazeta.uz »
2025-01-27 15:07
Qozog‘iston hukumati kartoshka eksportini olti oyga chekladi. Qaror bu mahsulotning, xususan, O‘zbekistonga eksport hajmi oshishi va narxi keskin ko‘tarilishi fonida qabul qilindi. 11 oy ichida O‘zbekiston import qilgan kartoshkaning deyarli 75 foizi Qozog‘istondan olib kelingan. gazeta.uz »
2025-01-20 13:18
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 2027-yilda ishga tushirilishi kutilayotgan yangi temiryo‘l quriladi. Liniyaning qurilishi mavjud Sariag‘ash - Toshkent uchastkasidan yuklarni yangi tarmoqqa yo‘naltirish va O‘zbekistonga eksport tashish hajmini oshirish imkonini beradi, deya ta’kidladi QTY. gazeta.uz »
2025-01-05 11:42
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida “Ipak yo‘li” temiryo‘l sayohati turi yo‘lga qo‘yiladi. “Olmaota - Turkiston - Toshkent - Olmaota” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 2024-yil 16-noyabr kuni yo‘lga chiqadi. gazeta.uz »
2024-11-14 12:33
Qozog‘iston “yaqin kelajakda” BRIKSga ariza berishdan bosh tortadi, dedi Qosim-Jomart Toqayevning matbuot kotibi, uning so‘zlariga ko‘ra, BMT “universal tashkilot” sifatida ustuvor ahamiyatga ega. Toqayevning o‘zi avvalroq BRIKSga a’zolikka qiziqish bildirgandi. gazeta.uz »
2024-10-16 21:00
Qozog‘iston 2015-yildan beri ilk marta yevroobligatsiyalar chiqaradi. Mamlakat Moldova investorlari bilan uzoq muddatli kelishmovchilikni hal qilgandan so‘ng yevrobondlar chiqarishni boshlashga muvaffaq bo‘ldi. gazeta.uz »
2024-10-04 10:13
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi mahalliy hokimiyat organlarining boshqa tadbirlar o‘tkazish, tanlangan vaqt va joyda ta’mirlash ishlarini olib borish kabi sabablar bilan tinch yig‘ilishlarni o‘tkazishdan bosh tortishi qanchalik qonuniy ekanini ko‘rib chiqadi. gazeta.uz »
2024-09-05 15:42
Qozog‘iston Tojikistonning Rog‘un GESidan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilmoqchi. O‘zbekiston ham avval shu stansiyadan elektr xarid qilishni ko‘rib chiqqandi. Tojikiston GES qurilishini yakunlashga tashqi moliyalashtirish olish uchun energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishi kerak. gazeta.uz »
2024-08-29 17:53
Qozog‘iston sudi birinchi marta egalari qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritganini isbotlay olmagan aktivlarni davlat hisobiga o‘tkazdi. 10 million dollardan ortiq mablag‘, xususan, qimmatbaho zargarlik buyumlari va tarixiy buyumlar musodara qilindi. gazeta.uz »
2024-08-23 22:15
Qozog‘iston SSV mamlakatga maymunchechak kirib kelishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilganini ma’lum qildi. Xususan, aeroportlar va chegara o‘tish joylarida nazorat choralari kuchaytirildi. gazeta.uz »
2024-08-19 08:27
Qozog‘iston G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga o‘z manfaatlariga zarar keltirish orqali “ko‘r-ko‘rona ergashmaydi”, dedi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston ikkinchi darajali sanksiyalar ostida “qolmaslik” uchun qoidalarga amal qilishda davom etadi. gazeta.uz »
2024-08-16 19:30
Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi namoyishlar bo‘yicha o‘z vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topildi va besh yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. gazeta.uz »
2024-08-09 18:54
Qozog‘istonda o‘tayotgan “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari munosabati bilan Ostonaga borgan O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani Qosim-Jomart Toqayev qabul qildi. Qozog‘iston rahbari ikki davlat prezident adminstratsiyalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi. gazeta.uz »
2024-08-05 13:50
Qozog‘istonda endi Toncoin kriptovalyutasi bilan tegishli litsenziyaga ega platformalarda erkin savdo qilish mumkin. Qaror Pavel Durovning mamlakatga tashrifi chog‘ida qabul qilindi. gazeta.uz »
2024-07-01 15:17
Ostona apellyatsiya sudi rafiqasi Saltanat Nukenovani qiynoqqa solib o‘ldirganlikda ayblanib, 24 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi. gazeta.uz »
2024-06-26 17:35
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat “zamonaviy Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi va bu rejim uzoq muddatli omil ekanini anglagan holda” “Tolibon"ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarganini aytdi. gazeta.uz »
2024-06-03 19:01
Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston va O‘zbekistonning ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, fuqaro mudofaasi va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. gazeta.uz »
2024-05-21 09:51
Qozog‘iston prezidenti Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari kotiblari bilan bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda “mintaqa davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va ularni bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqi kuchlarga birgalikda qarshilik ko‘rsatishga” chaqirdi. gazeta.uz »
2024-05-17 14:55
Qozog‘istonda turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani o‘ldirganlikda ayblangan sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev ishi bo‘yicha hukm chiqarildi. Sud uni aybdor deb topib, 24 yilga ozodlikdan mahrum qildi. gazeta.uz »
2024-05-13 18:34
Qozog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi norozilik namoyishlarida ayblanib hibsga olindi. U hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda. gazeta.uz »
2024-04-30 12:31
Qozog‘iston hukumati TikTok platformasini bloklash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ularning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar orasida mamlakatda tarqatish taqiqlangan materiallar soni bo‘yicha aynan TikTok yetakchilik qilmoqda. gazeta.uz »
2024-04-23 19:22
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatdagi eng yirik suv toshqinlari fonida hukumatga budjet mablag‘larini tejash maqsadida imidj yaratish va yirik tadbirlarni o‘tkazishdan voz kechishni buyurdi. gazeta.uz »
2024-04-16 18:32
Qosim-Jomart Toqayev oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashga qaratilgan qonunni imzoladi. Qonun bilan ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakli uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi normalar joriy etilmoqda. gazeta.uz »
2024-04-15 13:06
Qozog‘istonda oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonun qabul qilindi. Hujjat kaltaklash va qasddan badanga yengil shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi, badanga o‘rtacha va og‘ir shikast yetkazish uchun javobgarlikni kuchaytiradi. Endi qonunni prezident imzolashi kerak. gazeta.uz »
2024-04-12 10:18
Urganch aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayevni kutib oldi. Foto. gazeta.uz »
2024-04-05 11:25
Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Xiva shahrida ikki davlat o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi. Asosiy mavzular - o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni rivojlantirish. gazeta.uz »
2024-04-04 17:11
Qozog‘istonda neft mahsulotlarini avtomobil transportida olib chiqishga qo‘yilgan taqiq yana olti oyga uzaytiriladi. So‘nggi cheklov 2022-yil iyul oyida joriy qilingandi. gazeta.uz »
2024-03-19 16:09
Qozog‘iston dunyoviy maqomini mustahkamlashi kerak, lekin u G‘arb tendensiyalariga ergashmaydi, dedi prezident Toqayev. U tarixiy obidalarni himoya qilishni kuchaytirishni buyurdi, “sovet davri belgilari” borligi sabab mamlakat gerbini o‘zgartirishni taklif qildi, jamiyatda shafqatsizlik kuchayayotganiga ishora qildi. gazeta.uz »
2024-03-15 22:22
Qozog‘iston Energetika vazirligi Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti hajmini 2026-yildan boshlab avvalroq rejalashtirilgan yiliga 3 mrld kub metrdan 11 mlrd kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda “TASS”. gazeta.uz »
2024-03-06 09:02
Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi mamlakatda Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishni ma’qulladi. Rasmiylar Starlink to‘plamlarining birinchi partiyasini qabul qilib oldi, ularni qishloq maktablarida o‘rnatish rejalashtirilgan. gazeta.uz »
2024-02-28 22:00
2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga 450 mln yevrolik yuqori ustuvorlikka ega tovarlar yetib borgan. Tovarlarning chorak qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri YeIdan, qolgani esa O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, BAA kabi davlatlar orqali Rossiyaga yetib borgan, deb yozmoqda Bloomberg. gazeta.uz »
2024-02-27 10:09
AQSh Moliya vazirligi O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning bir qancha kompaniyalariga cheklovlarni chetlab o‘tib, Rossiyaga mahsulot yetkazib bergani uchun sanksiyalar kiritdi. gazeta.uz »
2024-02-26 21:35
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev davlat xizmatchilarining maoshlarini xususiy sektorniki bilan raqobatbardosh qilishni va davlat xizmatiga kadrlar yollashni “erkinroq” qilishni taklif qildi. gazeta.uz »
2024-02-20 23:47