Ðåçóëüòàòîâ: 14

Qozog‘iston bilan chegaradagi “G‘ishtko‘prik” postini 2026-yil iyulida ochish rejalashtirilmoqda

“G‘ishtko‘prik” (Chernyayevka) chegara bojxona posti 2026-yil yozida ochilishi rejalashtirilgan. Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi post ochilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. O‘zbekiston o‘z hududidagi NO‘Pni modernizatsiya qilish ishlarini yakunlagan va Qozog‘iston tomonidagi qurilish ishlari tugallanishini kutmoqda. gazeta.uz »

2025-12-15 11:50

Toshkent va Chorvoq o‘rtasida pulli yo‘l qurilishini 2026-yil oxirlarida boshlash rejalashtirilmoqda

Toshkent va Chorvoq orasida pulli avtomobil yo‘li paydo bo‘ladi, dedi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev. Ayni paytda loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilishi va ma’qullanishi kutilmoqda. 2026-yil o‘rtalarigacha texnik-iqtisodiy asosni tayyorlash, 2026-yil oxirlarida qurilishni boshlash rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-11-21 14:17

O‘zbekistonda kichik AESning birinchi betonini 2026-yil martida quyish rejalashtirilmoqda

Prezidentga kichik AES qurilishi bo‘yicha ishlar haqida ma’lumot berildi. “O‘zatom” rahbariga ko‘ra, ilk betonni quyish (stansiyaning o‘zini qurish uchun) 2026-yil martiga mo‘ljallangan. “Prezident bizga muddatlarni chapga emas, o‘ngga siljitish, ya’ni muddatlarimizni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-8-9 01:28