Ðåçóëüòàòîâ: 30

Futbol klublari to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Ularga 2026-yilda budjetdan 560 mlrd so‘m ajratiladi

O‘zbekistonda futbol klublarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat budjetidan moliyalashtirish modeli joriy etiladi. 2026-yilda jamoalar 560 slrd so‘m - har biri 35 mlrd so‘mdan oladi. Ular uchun ham daromad solig‘i bekor qilinadi, ijtimoiy soliq stavkasi esa 1 foizni tashkil etadi. gazeta.uz »

2026-3-26 14:03

O‘zbekiston va Gonkong to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi va yuk tashish aviareyslarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Gonkong muntazam yo‘lovchi va yuk tashish aviareyslarini yo‘lga qo‘yishni va O‘zbekistonda xalqaro aviatsiya akademiyasini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Gonkong kompaniyasi vakili bilan uchrashib, aviatsiya sohasidagi loyihalarni muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-8-14 08:33

O‘zbekistonda tovarlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri chegarada erkin muomalaga chiqariladi

O‘zbekistonda deklaratsiyalarni rasmiylashtirish va tovarlarni erkin muomalaga chiqarish chegaraning o‘zida amalga oshiriladi, dedi bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari. Shuningdek, import bojlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan, chunki yuqori stavkalar tovarlarni aylanma yo‘llar bilan olib kirishga undamoqda. gazeta.uz »

2025-8-12 09:00

Toshkent va Bali o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng mashhur kurortlardan biri bo‘lgan Indoneziyaning Bali oroliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirdi. 25-iyunga o‘tar kechasi bortida 265 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketdi. Sayohat vaqti 10 soatni tashkil etdi. gazeta.uz »

2025-6-25 21:40

O‘zbekiston prezidenti Ukraina va Rossiya o‘rtasida Istanbulda o‘tayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni olqishladi

Ukraina bilan bog‘liq vaziyat faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etilishi zarur deb hisoblaymiz, dedi Shavkat Mirziyoyev. U Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni olqishladi. Davlat rahbari, shuningdek, G‘azodagi vaziyat haqida gapirdi va Afg‘oniston hukumati bilan muloqot qilishga chaqirdi. gazeta.uz »

2025-6-10 14:46

O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya bosh vaziri Robert Golob uchrashuvida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 500 mln yevroga yetkazish, migratsiya sohasida ekspertlar guruhini tuzish, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish rejalari kelishib olindi. gazeta.uz »

2025-5-22 21:42

Banklarga harakatsiz mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi — prezident

Prezident banklarga harakatsiz mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat berilishini ma’lum qildi. Shavkat Mirziyoyev hozirda banklar balansida 3 mingta harakatsiz mulk borligi, ulardan tezroq qutilsa, qo‘shimcha resurs va 150 ming ish o‘rni yaratish uchun zaxira paydo bo‘lishini aytdi. gazeta.uz »

2024-12-16 16:07

Qoraqalpog‘istonda kichik va o‘rta loyihalar uchun yerlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi

Prezident Qoraqalpog‘istonda kichik va o‘rta loyihalarni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish tartibini ma’qulladi. Hozirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerlar Nukus shahrida 1 mln dollar, qolgan tumanlarda 300 ming dollar investitsiya kiritish sharti bilan berilmoqda. gazeta.uz »

2024-8-20 10:36