Istanbuldagi YTHda o‘zbekistonlik ayol, uning eri va 2 oylik chaqalog‘i halok bo‘ldi
Istanbulning Chekmeko‘y hududida yengil avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashib, uning tagiga kirib ketdi. Oqibatda bir oilaning uch a’zosi, jumladan, 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Aziza Xatamova, uning turmush o‘rtog‘i va 2 oylik chaqalog‘i voqea joyida vafot etdi.















