Ðåçóëüòàòîâ: 28

Orolbo‘yida suvni “aqlli” boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. BMTTDning yangi loyihasi nimalarni ko‘zda tutadi?

O‘zbekiston, Yaponiya va BMTTD Orolbo‘yi hududida suv xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish maqsadida 4,6 mln dollarli loyiha boshlamoqda. Qoraqalpog‘istonda suvni raqamli monitoring qilish, infratuzilmani modernizatsiyalash va fermerlarni suv tejovchi texnologiyalarga o‘rgatish reja qilinmoqda. gazeta.uz »

2026-6-9 21:21

O‘zbekistonda “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston shifoxonalarida o‘tgan yili 60 mingdan ziyod xorijlik davolangan. Prezident ko‘rsatkichni oshirish uchun “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi boshlanishini e’lon qildi. Endi xususiy klinikalarning xalqaro standart olish xarajatlari qoplanadi, ularda davolangan chet elliklar uchun QQS qaytariladi. gazeta.uz »

2024-6-3 17:52

O‘zbekistondagi 14 ta maktabda fanlarni ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident maktab ta’limini rivojlantirishga oid rejalar bilan tanishdi. Unga ko‘ra, o‘qituvchilar mahoratini oshiruvchi “Fan kengashlari” tuziladi, kelasi yildan 14 maktabda fanlar ingliz tilida o‘qitiladi, o‘quvchilar bilimini baholashning shaffof va xolis tizimi joriy qilinadi, bolalarga baxshichilik o‘rgatiladi. gazeta.uz »

2024-3-29 21:37