Ðåçóëüòàòîâ: 35

“Yagona norozilik notasi berish kerak”. Jamoatchilik — rossiyalik teleboshlovchining Markaziy Osiyoda ham “harbiy operatsiya” o‘tkazish taklifi haqida

Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov Rossiya Ukrainada bo‘lgani kabi Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham “maxsus harbiy operatsiya” boshlashi kerakligi haqida gapirdi. Jamoatchilik rasmiylardan qat’iy munosabat bildirishni so‘rab, MO davlatlari birgalikda nota berishi kerakligini ta’kidlamoqda. gazeta.uz »

2026-1-12 12:25

“Ifloslangan havo doimiy muhokama mavzusiga aylandi”. Jamoatchilik faollari va hokimlik vakillari nima deydi?

Toshkent havosi shaharliklar eng ko‘p muhokama qilayotgan mavzulardan biriga aylandi. Aholi o‘zini qanday his qilyapti, sog‘lig‘ini qanday himoyalayapti, umuman, vaziyat haqida nima deydi? Gazeta bu bo‘yicha ekofaol, jurnalist, ekovazir maslahatchisi, shahar hokimi o‘rinbosari va hokimlik matbuot kotibiga yuzlandi. gazeta.uz »

2025-11-14 10:55

Toshkentda yuzdan ortiq daraxt tanalari ko‘mib tashlandi. Jamoatchilik xavotirda. Hokimlik: “Daraxtlarga xavf yo‘q”

Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi sayilgoh atrofi obodonlashtirilmoqda. Ammo yuzdan ortiq daraxt tanasi salkam 1 metrgacha ko‘mib tashlangani xavotirlarni uyg‘otdi. Hokimlik bahorgacha har bir daraxt atrofi tuproqdan ochilishi, jarayon xavf tug‘dirmasligini aytmoqda. Gazeta vaziyatni o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-11-2 17:06

O‘zbekistonda tez orada AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari boshlanadi — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekistonda yaqin orada AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari boshlanadi. “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev ma’lum qilishicha, “amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlarni jamoatchilikka yetkazish uchun” muhokamalarga mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb etiladi. Aholi fikrini hisobga olish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-9-30 13:41

“Xavfli pretsedent yaratadi”. Jamoatchilik — Qurilish vazirligining korrupsiyani gapirgan tadbirkor ustidan ariza kiritgani haqida

Jamoatchilik Qurilish vazirligining sohada korrupsiya borligini aytgan tadbirkor ustidan IIVga ariza kiritganini qoraladi: “bu holatda vazirlik, aksincha, unga rahmat aytishi kerak edi”. “Qurilish sohasida korrupsiya yo‘qmi?” deb ajablanganlar ham bo‘ldi. Biznes ombudsman shikoyatni ta’qib sifatida baholagan. gazeta.uz »

2025-9-22 14:24

“Eng qimmat joylarni egallab olishning oson yo‘li”. Jamoatchilik — “Farma” institutini ko‘chirilishi haqida

Prezident qarori loyihasida Toshkentdagi Farmatsevtika universitetini Toshkent viloyatiga ko‘chirish ko‘zda tutilgan. Faollar buni yaxshi g‘oya emasligini ta’kidlamoqda. Xususan, moliyachi Otabek Bakirov bu amaliyot eng qimmat joylarini egallab olishning oson yo‘liga aylanayotganini yozdi. gazeta.uz »

2025-9-10 12:59

O‘zbek tili masalasi yana muhokamada: qahvaxonadagi holat jamoatchilik bahs-munozarasiga sabab bo‘ldi

Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov unga Bon! qahvaxonasida o‘zbek xodimlar rus tilida gapirib, xizmat ko‘rsatganini tanqid qildi va Instagram`ga video joyladi. Ko‘pchilik blogerni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, ayrimlar uni xayp qilishda aybladi. Restoran ma’muriyati holat bo‘yicha uzr so‘radi. gazeta.uz »

2025-4-9 10:31

Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlari tarkibi tasdiqlandi

Prezident Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlari tarkibini tasdiqladi. 46 nafar tadbirkorlar orasida Zafar Hoshimov, Jahongir Ortiqxo‘jayev, Murod Nazarov, Click, Amirsoy ta’sischilari va boshqalar bor. gazeta.uz »

2024-12-30 12:41

Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati samaradorligi har yili baholanadi

Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari raislari fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tasdiqlanadi. Kengashlar faoliyati samaradorligi esa har yili baholab boriladi. “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni yangi mexanizm va shakllar bilan to‘ldirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-8-28 07:07

2025-yildan jamoatchilik munosabatlarini tartibga soluvchi yangi normativ-huquqiy hujjatlar samaradorligi baholanadi

O‘zbekistonda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholashning soddalashtirilgan va kengaytirilgan tartiblari joriy etiladi. Xususan, iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan loyihalar kengaytirilgan tartibda baholanadi. gazeta.uz »

2024-8-20 13:20

“Milliy tiklanish”: Toshkentdagi renovatsiya dasturlari uy-joy egalari va jamoatchilik fikri asosida bajarilishi kerak

“Milliy tiklanish” partiyasi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqovning Toshkentda 500 gektar joy renovatsiyaga tushgani haqidagi xabariga munosabat bildirdi. Partiya dastur mulkdorlar roziligiga asoslanishi, jamoatchilik muhokamalaridan o‘tishi va renovatsiya to‘g‘risida qonun bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-2-28 15:46