Ðåçóëüòàòîâ: 14

“Yagona norozilik notasi berish kerak”. Jamoatchilik — rossiyalik teleboshlovchining Markaziy Osiyoda ham “harbiy operatsiya” o‘tkazish taklifi haqida

Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov Rossiya Ukrainada bo‘lgani kabi Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham “maxsus harbiy operatsiya” boshlashi kerakligi haqida gapirdi. Jamoatchilik rasmiylardan qat’iy munosabat bildirishni so‘rab, MO davlatlari birgalikda nota berishi kerakligini ta’kidlamoqda. gazeta.uz »

2026-1-12 12:25

“Xalqaro huquqqa tupurdik”. Rossiyalik teleboshlovchi Markaziy Osiyo va Armanistonda ham “harbiy operatsiya” o‘tkazish haqida gapirdi

Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov Rossiya Ukrainada bo‘lgani kabi Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham “maxsus harbiy operatsiya” boshlashi kerakligi haqida gapirdi. U buni “milliy xavfsizlikni ta’minlash masalasi” deb atadi. gazeta.uz »

2026-1-12 09:10

Toshkentdagi mehmonxonada vafot etgan 3 kishi, jumladan, rossiyalik jurnalist ishi bo‘yicha hukm o‘qildi

Rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya va hamrohi Maksim Radchenkoning Toshkentdagi mehmonxonada is gazidan zaharlanib vafot etgani bo‘yicha to‘rt kishi aybli deb topildi. Mehmonxona egasi 8 yilga, santexnik va isitish uskunalari sotuvchilarining har biri 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. gazeta.uz »

2025-7-25 14:14

Toshkent mehmonxonasida rossiyalik jurnalist o‘limi ishi bo‘yicha to‘rt nafar shaxs ayblanmoqda

Rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya, uning hamrohi va o‘zbekistonlik fuqaroning Toshkent mehmonxonasidagi o‘limida gumonlanib 4 kishi qamoqqa olindi. Ular orasida mehmonxona egasi, santexnik va eski, nosoz isitish qozonini sotgan sotuvchilar bor. Qozon xavfsizlik qoidalarini buzgan holda o‘rnatilgan. gazeta.uz »

2025-1-10 16:04

Rossiyalik deputat O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan viza rejimi joriy etishni taklif qildi

RF davlat dumasining “Adolatli Rossiya - Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov O‘zbekistondan keladiganlar uchun viza rejimi joriy etish kerakligini aytdi. Deputatning bunday fikrga kelishiga bosh konsulxonaning o‘zbekistonliklarni Rossiya armiyasi safiga qo‘shilmaslikka targ‘ib qilgani sabab bo‘lgan. gazeta.uz »

2024-10-21 11:23