Gaagadagi Xalqaro sud ikki rossiyalik qo‘mondonni hibsga olishga order berdi
Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi Rossiyaning uzoq masofaga uchuvchi aviatsiyasi va Qora dengiz floti qo‘mondonlarini harbiy jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilib, hibsga olishga order berdi. Sud ular o‘tgan qishda Ukraina energetika infratuzilmasiga qilingan raketa hujumlari uchun javobgar, deb hisoblaydi. gazeta.uz »
