O‘zbekistonda yozgi elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha rekord yangilandi
13-iyul kuni yuqori harorat ortidan O‘zbekistonda sutkalik elektr energiyasi iste’moli 278,6 mln kVt/soatga yetdi. Bu 2025-yil iyul oyida qayd etilgan rekorddan 2,2% yuqori. Energetika korxonalari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazildi, avariya brigadalari esa tunu kun navbatchilik qilmoqda. gazeta.uz »


