Ðåçóëüòàòîâ: 11

Shavkat Mirziyoyev BAA prezidentiga O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefonda suhbatlashdi. Muloqotda Yaqin Sharqdagi vaziyat xalqaro huquq tamoyillariga zid ekani ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev BAAdagi O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi. gazeta.uz »

2026-3-4 15:43

“AQShda noqonuniy yashayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘z ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat beraman” — elchi

“Markaziy Amerikadagi xavfli yo‘llar orqali kirib, AQShda noqonuniy bo‘lib turgan minglab o‘zbekistonliklar bor”, - dedi AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik. Elchi ularga o‘z ixtiyorlari bilan ortga qaytishni maslahat berdi: “Aks holda, ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin”. gazeta.uz »

2025-4-3 11:07

Rossiyalik deputat O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan viza rejimi joriy etishni taklif qildi

RF davlat dumasining “Adolatli Rossiya - Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov O‘zbekistondan keladiganlar uchun viza rejimi joriy etish kerakligini aytdi. Deputatning bunday fikrga kelishiga bosh konsulxonaning o‘zbekistonliklarni Rossiya armiyasi safiga qo‘shilmaslikka targ‘ib qilgani sabab bo‘lgan. gazeta.uz »

2024-10-21 11:23