O‘zbek tili masalasi yana muhokamada: qahvaxonadagi holat jamoatchilik bahs-munozarasiga sabab bo‘ldi
Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov unga Bon! qahvaxonasida o‘zbek xodimlar rus tilida gapirib, xizmat ko‘rsatganini tanqid qildi va Instagram`ga video joyladi. Ko‘pchilik blogerni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, ayrimlar uni xayp qilishda aybladi. Restoran ma’muriyati holat bo‘yicha uzr so‘radi. gazeta.uz »
