Oman Air Toshkent va Maskat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni 2-iyundan yo‘lga qo‘yadi
O‘monning Oman Air milliy aviakompaniyasi 2-iyundan Toshkent va Maskat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi. Reyslar haftasiga uch marta Boeing 737 samolyotlarida amalga oshiriladi. Yangi yo‘nalish Maskat orqali Osiyo, Yevropa va Afrika davlatlariga qulay tranzit imkoniyatlarini yaratadi. gazeta.uz »