Đĺçóëüňŕňîâ: 198

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston yetakchisini YUNESKO forumi o‘tkazilgani bilan tabrikladi

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston prezidenti va xalqini YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqandda o‘tkazilgani bilan tabrikladi. U tadbirni O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va MOning madaniy, ma’naviy va gumanitar hamkorlikning muhim markazi sifatida e’tirof etilganidan dalolat deb atadi. gazeta.uz »

2025-10-31 12:08

Deputatlar o‘zbek, qirg‘iz va tojik chegaralari tutash nuqtalariga oid shartnomani ratifikatsiyalovchi qonunni qabul qildi

Qonunchilik palatasi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni qabul qildi. Shartnoma mart oyida Xo‘jand shahrida uch davlat prezidentlari uchrashuvi chog‘ida imzolangan edi. gazeta.uz »

2025-10-29 10:14

Qirg‘izistondagi zilzila Toshkentdagi talabalar yotoqxonasida vahimaga sabab bo‘ldi

Dushanbaga o‘tar kechasi yuz bergan zilzila vaqti Toshkent yotoqxonalarining birida tashqariga chiqolmayotgan talabalar olomoni videosi tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea Irrigatsiya universiteti yotoqxonalaridan birida yuz bergan, vahimadagi talabalarning aksariyati esa turkmanistonlik. Gazeta vaziyatni o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-10-6 19:45

U-23 Osiyo kubogi saralashi. O‘zbekiston Qirg‘izistonga qarshi g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video, foto)

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi saralashining ikkinchi bosqichida Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi. Bishkekda 17-soniyada gol o‘tkazib yuborgan jamoa tanaffusga qadar hisobda oldinga chiqishga erishdi, ammo ikkinchi bo‘limda tashabbusni qo‘ldan chiqardi. gazeta.uz »

2025-9-7 12:50

O‘shdagi Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetining 3 mingdan ortiq talabasi o‘qishdan chetlatildi

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida joylashgan Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetida 3167 nafar talaba o‘qishdan chetlatildi. Ta’lim sohasidagi korrupsiyani bartaraf etish maqsadida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar doirasida O‘shdagi oliy ta’lim muassasalaridan 13 295 nafar talaba chetlatilgan. gazeta.uz »

2025-7-29 08:04

Gruziyaga Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temiryo‘li loyihasida qatnashish taklif etildi

Transport vazirligida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temiryo‘li kelgusida xalqaro transport yo‘laklari tizimiga, jumladan, O‘rta yo‘lakka integratsiyalashuvini inobatga olib, gruzin tomoniga ushbu loyihada ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etildi. gazeta.uz »

2025-7-24 13:53

Savdogarlar buyurtmasi bilan Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib o‘tgan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyatida jami qiymati 5,2 milliard so‘mlik 4,1 kg oltinni Qirg‘izistondan olib kelgan shaxsni ushladi. U savdogarlar tomonidan Turkiyadan Qirg‘izistonga olib kelingan ushbu zargarlik buyumlarini xizmat haqi evaziga chegara bojxona postidan o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-7-18 10:23

So‘nggi uch yilda Qirg‘izistonda jon boshiga daromad qariyb ikki barobar oshdi, bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkich

Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev 2022-2024-yillar oralig‘ida Qirg‘izistonda jon boshiga daromad qariyb ikki barobarga oshganiga e’tibor qaratdi. Bu Markaziy Osiyoda eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, o‘sish shu tempda davom etsa, Qirg‘iziston 2027-yilda jon boshiga daromad bo‘yicha O‘zbekistonni ortda qoldiradi. gazeta.uz »

2025-7-4 10:37

O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish shartlarini kelishib oldi. 2020-yilda mojaro kelib chiqqan buloqdagi suvning uchdan ikki qismi o‘zbekistonliklarga tegishli bo‘ladi, uning hajmi va sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan harakatlar muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi. gazeta.uz »

2025-4-26 20:19