Ðåçóëüòàòîâ: 11

Ko‘chirilgan davlat obyektlari o‘rnida yashil jamoat parklari tashkil etish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda ko‘chirilgan davlat ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari hamda ayrim korxonalar o‘rnida yashil jamoat parklari tashkil etish taklif etilmoqda. Tegishli qaror loyihasida bunday yer maydonlaridan faqat park maqsadida foydalanish va aholi uchun ochiq, bepul maskanlar barpo etish nazarda tutilgan. gazeta.uz »

2026-8-7 09:50

Toshkentda savdo va servis obyektlari huzuridagi avtoturargohlar yagona boshqaruv tizimiga birlashtiriladi

Toshkent YHTEM savdo va servis obyektlari huzuridagi xususiy avtoturargohlarni shahar boshqaruvi yagona tizimiga integratsiya qilishni boshladi. Loyiha qoidabuzarliklarni kamaytirish, trotuarlarni avtomobillardan tozalash va to‘xtash joyini qidirib aylanib yuruvchi transport oqimini qisqartirishga xizmat qiladi. gazeta.uz »

2026-4-20 08:06

“Yuksalish”: O‘zbekistonda o‘nlab suv ta’minoti obyektlari rasman foydalanishga topshirilgan, biroq ishlamaydi

“Yuksalish” harakati 2024-yilda aholini ichimlik va oqova suv bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar bajarilishini tekshirdi. Monitoring suv ta’minoti bo‘yicha o‘nlab obyektlar “nomiga” topshirilgani, rekonstruksiyadagi 67 obyektning 23 tasida amaliy ishlar hali yakunlanmaganini ko‘rsatdi. gazeta.uz »

2025-6-13 13:59