Qirg‘izistonning Qatardagi elchisi “davlat xizmatchisi etikasini buzgani uchun” lavozimidan olindi
Qirg‘izistonning Qatardagi elchisi Marat Nuraliyev “davlat xizmatchisi etikasini buzgani uchun” lavozimidan ozod etildi. Rasmiylar qarorning aniq sababini keltirmagan. Mahalliy OAV bu respublika qonunchiligida taqiqlangan qo‘shxotinlik holati bilan bog‘liq ekanini yozmoqda. gazeta.uz »


