Oqqo‘rg‘onda kadastr xodimi 9 sotix noqonuniy yerga hujjat tayyorlab berish evaziga pora olishda gumonlanib ushlandi
Davlat kadastrlari palatasi Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limining kadastr muhandisi fuqarodan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 9 sotix yer maydoniga egalik huquqini tan olish, shuningdek, uy-joy qurilishi uchun ruxsat olib berish evaziga 1200 AQSh dollari talab qilgan. U ashyoviy dalillari bilan qo‘lga olingan. gazeta.uz »









