Ðåçóëüòàòîâ: 38

“Tepaning topshirig‘ini bajarib, ishdan olindim” — Buvaydadagi 37-maktabning sobiq direktori

Gazeta majburiy navbatchilik topshirig‘i ortidan ishdan olingan Buvayda tumanidagi 37-maktabning sobiq direktor v.v.b. Hasanboy Nishonov bilan suhbatlashdi. U ishdan bo‘shatilgani haqida tarmoqlar orqali xabar topgani va jarimaga tortilganini aytdi. “Ishga qayta tiklashlarini so‘rayman”, - deydi Nishonov. gazeta.uz »

2026-1-9 15:20

Mol-mulk va yer solig‘ini undirishda ham elektr energiyasining billing tizimidan foydalaniladi

O‘zbekistonda mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha umumiy summasi 1 mln so‘mdan oshgan soliq qarzdorligini undirishda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanishni joriy etiladi. Avvalroq chiqindidan qarzdorlarning elektr energiyasiga to‘lov qilish imkoniyatini cheklash yo‘lga qo‘yilgan edi. gazeta.uz »

2025-12-1 09:19

“2027-yildan san’atkorlardan daromad solig‘ini undirish tartibi kuchaytiriladi” — Soliq qo‘mitasi

Soliq qo‘mitasi vakiliga ko‘ra, amaldagi qonunchilik bo‘yicha san’atkorlar deklaratsiya to‘ldirib, soliqqa tortilishi kerak. Ammo ularning ko‘pi bunga rioya etmay, daromadidan soliq to‘lamayapti. “2027-yildan boshlab, ular soliqlardan qochsa, tekshiruvlar o‘tkaziladi va soliq undiriladi”, - deydi Mubin Mirzayev. gazeta.uz »

2025-4-2 09:05

Toshkent va Samarqandda sifatsiz yoqilg‘ini Ai-92 va Ai-95 markali benzin sifatida sotgan AYOQSHlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi aslida davlat standarti talablariga mos kelmaydigan benzinni Ai-92 va Ai-95 markali benzin sifatida sotgan AYOQSHlarni aniqladi. Ularga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, 22 mln so‘mga yaqin mablag‘ni iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi. gazeta.uz »

2025-3-27 08:43

Palma yog‘ini majburiy sinovdan o‘tkazishdan kimga foyda va bundan ma’no bormi? Ekspert mulohazasi

Palma yog‘i va u qo‘shilgan mahsulotlar, jumladan, sutni majburiy sinovdan o‘tkazish ilmiy asosga ega emas, JST tamoyillariga zid, raqobatni cheklaydi. Bu mahsulot haqidagi afsonalar va hukumat, agar aholi salomatligidan qayg‘ursa, aslida nima qilishi lozimligi borasida huquqshunos Umida Haqnazar mulohazasi. gazeta.uz »

2025-2-28 20:17

“Gazprom neft” O‘zbekistonda AYOQSHlar tarmog‘ini qurish masalasini o‘rganmoqda

Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurish imkoniyatini muhokama qilmoqda, dedi kompaniya rahbari. Energetika vazirligi ushbu kompaniyani O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari qurilishiga jalb qilish rejalari haqida xabar berdi. gazeta.uz »

2024-9-28 12:29

Toshkent aholisi Do‘stlik bog‘ini ijaraga berish qarorlarini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi

Toshkent aholisi Do‘stlik (Bobur) bog‘ini tadbirkorga ijaraga berish to‘g‘risidagi qarorlarni bekor qilishni talab qilib, sudga ariza bilan murojaat qildi. Ariza beruvchilar jamoatchilikka ochiq bo‘lmagan hujjatlarda “aholining huquq va manfaatlarini buzuvchi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin"ligidan xavotirda. gazeta.uz »

2024-6-6 19:08

“Yuksalish” energetika tarmog‘ini rivojlantirish uchun xarajatlarni ochiqlashga chaqirdi

“Yuksalish” harakati rahbariga ko‘ra, elektr energiyasiga yangi tariflarni joriy etish bilan bir paytda sohadagi muammolarni hal etish zarur. Isitish, gaz tizimi yo‘q hududlarni hisobga olish, shuningdek, tizimni rivojlantirishda xarajatlar shaffofligini ta’minlash va differensiyalangan tariflarni kiritish muhim. gazeta.uz »

2024-4-18 10:15