Samarqand va Chustda ikki profilaktika inspektori pora olishda gumonlanib ushlandi
Samarqand shahrida sobiq xodimni qayta ishga joylashtirish evaziga 7 ming dollar olishda gumonlangan profilaktika inspektori qo‘lga olindi. Namangan viloyatining Chust tumanida fuqarodan arizani ko‘rmaslik va chegaradan chorva olib o‘tishda yordam uchun 3300 dollar talab qilgan inspektor ushlandi. gazeta.uz »









