AQShdagi o‘zbekistonliklar qonunlarga qat’iy rioya qilishga chaqirildi
AQShda o‘zbekistonliklar ishtirokidagi huquqbuzarliklar ko‘paygani fonida Nyu Yorkdagi Bosh konsulxona murojaat qildi. Idora fuqarolarni mahalliy qonun va madaniyatni hurmat qilishga chaqirdi. Har qanday qonunbuzarlik butun o‘zbek jamoatchiligi haqidagi tasavvurga salbiy ta’sir qilishi mumkinligi ta’kidlandi.










