Toshkent viloyatida Ohangaron daryosi o‘zanida qum-shag‘al qazib olganlar tabiatga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida Ohangaron daryosi o‘zanida qum-shag‘alni ruxsat etilgan hududdan tashqarida qazish holati aniqlandi. Oqibatda tabiatga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Hujjatlar prokuraturaga yuborildi.





