Ðåçóëüòàòîâ: 23

1-maydan alimentdan qarzdorlarga ayrim turdagi kredit va davlat xizmatlari cheklanadi

Prezident farmoniga ko‘ra, 1-maydan alimentdan qarzdorlarga ayrim turdagi moliya-kredit va davlat xizmatlaridan foydalanish cheklanadi. Shuningdek, sud hujjatlari ijrosini ta’minlashda sun’iy intellekt texnologiyalarini keng qo‘llash va soliq qarzini undirishda yangicha yondashuv joriy etish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-4-1 10:42

O‘zbekistonliklarga dekabrda meva-sabzavotlar, yoqilg‘i, tashish va kafe-restoran xizmatlari qimmatlashgani eng ko‘p sezildi

Dekabrda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan 0,2 foiz bandga oshib, 12 foizni tashkil etdi. Markaziy bank so‘rovnomasiga ko‘ra, dekabrda meva-sabzavotlar, yoqilg‘i, tashish va kafe-restoran xizmatlari qimmatlashganini qayd etgan respondentlar ulushi ortdi. gazeta.uz »

2026-1-10 16:54

O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari sifati monitoringi uchun “Raqamli nazorat” platformasi ishga tushadi

2027-yilgacha O‘zbekistonning olis va boshqa hududlarida raqamli va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini monitoring qilish uchun “Raqamli nazorat” platformasi ishga tushiriladi. Axborot sohasida nazorat va monitoring vakolatlari berilgan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi soha regulyatori etib belgilandi. gazeta.uz »

2025-12-12 14:57

2026-yildan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni uyma-uy undirish to‘xtatiladi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlar faqat onlayn tarzda amalga oshiriladi, ya’ni to‘lovlarni uyma-uy undirish amaliyoti to‘xtatiladi. Istisno tariqasida, internet aloqasi bo‘lmagan, olis hududlarda yashovchilar bank kassalari va “O‘zbekiston pochtasi” orqali to‘lov qilsa bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-11-4 10:30

Temiryo‘l va aviatsiya xizmatlari tannarxini pasaytirish juda muhim — prezident

Prezident temiryo‘l va aviatsiya kompaniyalari transformatsiyasi jarayoniga oid taqdimot bilan tanishdi. U yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish, tashish jarayonlarini tezlashtirish, tannarxni kamaytirish muhim ekanini qayd etdi va sohaga konsalting kompaniyasi jalb qilib, aniq dastur ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi. gazeta.uz »

2024-11-27 23:02

Kommunal xizmatlari narxlari ko‘tarilishi fonida o‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmasi keskin oshdi

O‘zbekiston aholisining yillik inflyatsion kutilmasi kommunal xizmatlar narxlari ko‘tarilishidan so‘ng keskin oshdi, deyiladi Markaziy bankning martda o‘tkazgan so‘rovi natijasida. Korxonalar ham bu omilni qayd etgan, ammo ular valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga ta’siridan ko‘proq tashvishlanmoqda. gazeta.uz »

2024-5-15 13:37

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashni muhokama qildi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashni muhokama qildi. Shuningdek, qirg‘iz-tojik chegaralarini delimitatsiya qilish va o‘zbek-qirg‘iz chegaralarini demarkatsiyalash jarayonlarini tezlashtirishga kelishib olindi. gazeta.uz »

2024-5-7 11:26