2026-yildan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni uyma-uy undirish to‘xtatiladi
O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlar faqat onlayn tarzda amalga oshiriladi, ya’ni to‘lovlarni uyma-uy undirish amaliyoti to‘xtatiladi. Istisno tariqasida, internet aloqasi bo‘lmagan, olis hududlarda yashovchilar bank kassalari va “O‘zbekiston pochtasi” orqali to‘lov qilsa bo‘ladi. gazeta.uz »


