Ðåçóëüòàòîâ: 70

Aprelda O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 7 foizgacha sekinlashdi. Oy va yil davomida narxlar qanday o‘zgardi?

Aprelda O‘zbekistonda oylik inflyatsiya 0,6% darajasida o‘zgarishsiz saqlanib, yillik inflyatsiya 7% gacha sekinlashdi. Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlaridan bulg‘or qalampiri - 10,3%, kartoshka - 6,5%, olma - 4,5%, tuxum - 3,6%, go‘sht o‘rtacha 3,5% ga qimmatlashdi. Benzin narxlari 1,4% ga oshdi. gazeta.uz »

2026-5-8 12:46

“O‘yin davomida go‘yoki uyg‘onib ketdim”. Javohir Sindarov — Nomzodlar turnirining ilk turidagi g‘alabasi haqida

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Nomzodlar turniridagi ilk partiya davomida mag‘lubiyatga uchrashini kutganini tan oldi. “Debyut juda yomon bo‘ldi… go‘yo shunchaki „uxlayotgandek“ va yomon o‘ynayotgandek edim”, - dedi u raqibining xatosidan so‘ng erishgan g‘alabasi haqida gapirib. gazeta.uz »

2026-3-30 00:19

Raqobat qo‘mitasi o‘tgan yil davomida davlat xaridlarida 28 mingdan ortiq raqobatga zid harakatlarni aniqladi

Qo‘mita o‘tgan yili boshlang‘ich qiymati jami 18,8 trln so‘m bo‘lgan 23 mingdan ortiq davlat xaridini o‘rgandi. Natijada 28 mingdan ortiq raqobatga zid harakatlar aniqlangan. Asosiy muammolar kelishuvlar, ayrim ishtirokchilarga imtiyozli shart-sharoit yaratish va affillanganlik holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan. gazeta.uz »

2026-3-10 14:17

O‘zbekistonda yanvardagi inflyatsiya 0,7% ni tashkil etdi. Oy va yil davomida narxlar qanday o‘zgardi?

O‘zbekistonda yanvardagi inflyatsiya 0,7% ni, yillik hisobda esa 7,2% ni tashkil etdi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi. Go‘sht, sut, tuxum qimmatlashdi, guruch va oq qand narxi pasaydi. Avtosug‘urtaning o‘rtacha narxi 381,8% ga, mobil aloqa xizmati narxlari esa 2,4% ga (yil davomida - 17,9%) oshdi. gazeta.uz »

2026-2-7 20:05

Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi yil davomida 4,5 baravarga kamaydi — MHTI

Aprel yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida uy-joyga kiritilgan investitsiyalar rentabelligi 6,2 foizni tashkil etdi - bu o‘tgan yilga (27,8 foiz) nisbatan 4,5 baravar past. Kvartiralarni ijaraga berishdan olinadigan o‘rtacha daromad 10,9 foizdan 8,1 foizgacha, ko‘chmas mulk qiymati esa o‘rtacha 2,4 foizga kamaydi. gazeta.uz »

2025-5-22 14:56

O‘zbekiston harbiy mashg‘ulotlarida yil davomida asosiy e’tibor uchuvchisiz uchish apparatlariga qaratildi

O‘zbekiston yil davomida AQSh, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Asosiy mavzu uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish bo‘ldi. Qolaversa, Mudofaa vazirligi milliy armiyaning shayligini oshirish uchun qurolli to‘qnashuvlar tahlili olib borilayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2024-12-24 21:24