Ðåçóëüòàòîâ: 22

O‘zbekistonda yozdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qilolmaydi

O‘zbekistonda iyundan boshlab chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan iste’molchilarning elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirishi cheklanadi. Cheklov qarzdorlik to‘langandan so‘ng avtomatik ravishda bekor qilinadi. Qarzdorlikni qoplash uchun 5 kun vaqt beriladi. gazeta.uz »

2025-3-8 12:21

Fitch — O‘zbekistonning islohotlar va boshqaruvdagi taraqqiyoti, inflyatsiya va davlat qarzi haqida

Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren reytingini VV- darajasida qoldirdi. Agentlik davlat qarzining past darajasi, YAIMning yuqori o‘sishi va islohotlardagi taraqqiyotni qayd etdi. Bu YAIM pastligi, davlat boshqaruvi zaifligi, lekin yaxshilanayotgani, iqtisodiyotda davlat ulushi yuqoriligi bilan muvozanatlashadi. gazeta.uz »

2024-8-27 14:23

“Iste’molchilarning ichimlik suvidan 1 trln so‘m qarzi mavjud” — “O‘zsuvta’minot”

O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan qarzdorligi 1 trln so‘mni tashkil etmoqda. Shundan, 740,5 mlrd so‘mi jismoniy, qolgani esa yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. “O‘zsuvta’minot” vakiliga ko‘ra, eng ko‘p qarzdor hududlar Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlari hisoblanadi. gazeta.uz »

2024-5-17 16:15

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilson oldidagi 9,2 mln yevro qarzi bo‘yicha izoh berdi

“Bunyodkor” direktori Murod Aliyev klub huquqshunoslari Rivaldo va Denilsonga qariyb 9,2 mln yevro to‘lash bo‘yicha FIFA qarorini yumshatish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qarzni to‘lash masalasini klub rahbariyati, ya’ni “O‘zbekneftgaz” davlat kompaniyasi hal qiladi. gazeta.uz »

2024-2-27 15:04