Toshkent shahri va Zangiotada svet o‘chishi 55 ming iste’molchiga ta’sir qildi
“Yuksak” podstansiyasidagi avariya oqibatida Toshkent shahri va Zangiota tumanidagi 55 ming iste’molchining elektr ta’minoti uzildi, deya xabar qildi Energetika vazirligi. Bu poytaxtdagi jami abonentlar sonining taxminan 6,2 foiziga teng. Vazirlik elektr ta’minoti to‘liq tiklanganini bildirgan. gazeta.uz »





