Samarqandda 2030-yilgacha jamoat transporti va taksilarni to‘liq elektr transportiga o‘tkazish reja qilinmoqda
Prezidentga Green Samarkand loyihasi taqdim etildi. U Samarqanddagi jamoat transporti va taksilarni elektr transportiga o‘tkazish, shahar atrofida yashil belbog‘ yaratish, havo ifloslanishini kamaytirish, “yashil” me’yorlar asosida qurilish qilishni nazarda tutadi. Loyiha 2030-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallanmoqda.







