Ðåçóëüòàòîâ: 30

“Tahdid qiladigan, akillagan har qanday laychaga o‘z joyida javob berishimiz shart”. Senator — imperiyaparast chiqishlar haqida

Senator Abdusaid Ko‘chimov yalpi majlisda imperiyaparast chiqishlar haqida gapirib o‘tdi. “Karvonimizga tahdid qiladigan har qanday kuchga, akillagan har qanday laychaga qarshi o‘z joyida javob berishimiz, popugini pasaytirib qo‘yishimiz shart… Bizni boshqalar tan olishiga majbur qilishimiz kerak”, - dedi u. gazeta.uz »

2026-2-6 09:15

Respublika bo‘yicha ko‘plab avtobus bekatlari talablarga javob bermaydi — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi O‘zbekiston bo‘ylab 2800 ta avtobus bekatlarini tanlanma usulida tekshirib, ularning ko‘pchiligida yorug‘lik, belgilar, panduslar va boshqalar yo‘qligini aniqladi. Qo‘mita yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Transport vazirligi va hokimliklarga ko‘rsatmalar yubordi. gazeta.uz »

2025-6-18 09:51

“O‘zbektelekom” Humans virtual operatorining da’volariga javob qaytardi

“O‘zbektelekom” antimonopoliya organiga shikoyat va xalqaro arbitrajga da’vo arizasi kiritgan Humans virtual operatorining da’volarini rad etdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, Humans “O‘zbektelekom” mobil aloqa tarmog‘idan foydalangan holda daromad olishda davom etmoqda, ammo qarzlarini to‘lashni kechiktirmoqda. gazeta.uz »

2025-6-5 09:32

Qo‘ng‘iroqqa javob berishda kartadan pul yechib olinmaydi, ammo ma’lumotlar va SMS kodini ulashmaslik lozim — MB

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda begona raqamlardan qo‘ng‘iroqlarga javob berilayotganda bank kartalaridan pul avtomatik yechib olinayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Regulyator login, parol va SMS kodlarini notanish shaxslarga berish, shuningdek, zararli APK fayllarni o‘rnatish mumkin emasligini eslatdi. gazeta.uz »

2025-1-10 16:44

Vazirlar deputatga aylanadimi? Markaziy saylov komissiyasi raisi javob berdi

MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev proporsional saylov tizimi bo‘yicha partiyalar ro‘yxatida nomzodi ilgari surilgan vazirlar deputatga aylanishi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi. Uning aytishicha, bu nomzodlarning o‘z ixtiyorida bo‘lib, ular 5 kun ichida MSKga o‘z qarori to‘g‘risida ariza berishi kerak. gazeta.uz »

2024-10-28 12:09