Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga tanlab olish tartibi belgilandi. Tanlov davomida nomzodning harbiy xizmatga qiziqishi, huquqbuzarlik tarixi, sog‘lig‘i o‘rganiladi. Jismoniy tayyorgarligi esa ikki xil masofaga yugurish va turnikda tortilish orqali baholanadi. gazeta.uz »

