O‘zbekiston avtomobil bozori iyun oyida o‘sdi, biroq yengil avtomobillar savdosi o‘tgan yilgi darajadan pastligicha qoldi
Iyun oyida O‘zbekistonda 61,4 mingta yengil avtomobil sotildi. Bu may oyiga nisbatan 14 foizga ko‘p, ammo o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 23 foizga kam. Bitimlarning 61 foizi ikkilamchi bozorga to‘g‘ri keldi va u yerda savdo 16 foizdan ziyod o‘sdi. Elektromobillar savdosi esa 63,5 foizga oshdi. gazeta.uz »























