Toshkentdagi Nihol ko‘chasining bir qismi 9-noyabr kechgacha yopildi
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Nihol ko‘chasining Milliy bog‘ ko‘chasidan Temur Malik ko‘chasigacha bo‘lgan qismi transport harakati uchun 9-noyabr kuni 20:00 gacha yopildi. gazeta.uz »
Chasining - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Nihol ko‘chasining Milliy bog‘ ko‘chasidan Temur Malik ko‘chasigacha bo‘lgan qismi transport harakati uchun 9-noyabr kuni 20:00 gacha yopildi. gazeta.uz »
Toshkent shahridagi Al Xorazmiy ko‘chasining bir qismi 10-oktabr soat 09:00 dan 13-oktabr soat 09:00 gacha transport uchun yopiladi. Bunga ko‘chada tadbir o‘tkazilishi sabab ekani ko‘rsatilgan. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlaridan o‘tuvchi Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismida harakat 20-oktabrgacha qisman cheklandi. Bu paytda yo‘lining yuqori qatlamiga asfalt-beton qoplamasi yotqiziladi. gazeta.uz »
Toshkent kichik halqa avtomobil yo‘lining (KHAY) Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi ko‘prik osti qismida 5-oktabrdan 1-noyabrgacha harakatlanish qisman cheklanadi. Yo‘lning ushbu qismida yo‘l infratuzilmasini yangilash ishlari olib boriladi. gazeta.uz »
9-sentabrda yopilgan Toshkent shahridagi Qumariq ko‘chasi oy oxirigacha ochilishi kerak edi. Veolia Energy Tashkent ko‘cha 15-oktabrgacha yopiq qolishini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasining Janubiy vokzaldan xalq tilida “O‘zgarish ko‘prigi” deb ataladigan joygacha bo‘lgan qismi 29-sentabr soat 07:00 gacha transport uchun yopiladi. Yo‘lning tegishli qismida ta’mirlash ishlari olib boriladi. gazeta.uz »
11-sentabrdan 1-oktabrgacha Lutfiy ko‘chasining Farhod ko‘chasidan Shirin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida harakat bir tomonlama vaqtincha to‘xtatiladi. Cheklov qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 640 metr uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari yangilanishi bilan bog‘liq. gazeta.uz »
Poytaxtdagi Shota Rustaveli ko‘chasining Cho‘ponota ko‘chasi bilan kesishmasidan to Mirobod ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi 31-avgustgacha yopildi. Qator avtobus yo‘nalishlari harakatlariga vaqtincha o‘zgartirishlar kiritildi. gazeta.uz »
Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi rekonstruksiya ishlari sababli 2−25-avgust kunlari avtomobillar uchun yopildi. 8 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi. Transport boshqarmasi hududda tirbandlik ortishi mumkinligidan ogohlantirdi. gazeta.uz »
Toshkent shahridagi Ohangaron shohko‘chasining “Sharq” YPX maskanidan “Rohat” aylanma yo‘ligacha bo‘lgan bir tomonlama qismi 10-iyulga qadar transport harakati uchun yopildi. gazeta.uz »
Shota Rustaveli ko‘chasining rekonstruksiyasi boshlandi. Shahar ahlida loyihadagi yechimlar: yerosti piyodalar o‘tish joylarini takrorlash, yo‘laklar kengligi, ko‘cha markazidagi maxsus yo‘lak bo‘ylab jamoat transporti harakatiga doir ko‘plab savollar bor. Gazeta bu savollarni loyiha mualliflariga berdi. gazeta.uz »
Yashnobod tumanidagi Ohangaron shohko‘chasida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab ko‘chaning bir qismida 25-iyundan 1-iyulga qadar transport vositalari harakati to‘xtatiladi. gazeta.uz »
Toshkentda KHAY ko‘chasining Yunusobod tumanidan o‘tgan qismida 13-may soat 22:00 dan 15-may 6:00 gacha transportlar harakati cheklanadi. Hududda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi shahar hokimligi. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Yahyo G‘ulomov ko‘chasi bilan kesishmasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 24-apreldan boshlab 30-maygacha transport harakati uchun yopiladi. gazeta.uz »
Poytaxtdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining “Malika” savdo majmuasi yaqinidan o‘tgan qismi 25-aprelgacha yopildi. Bu paytda yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlari o‘tkaziladi. Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi. gazeta.uz »
Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yerosti tunneli qurilishi munosabati bilan Yangi O‘zbekiston shohko‘chasining bir qismi 13-apreldan 1-sentabrgacha avtomobillar harakati uchun yopildi. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sultoniya ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidan to Sultoniya 5-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida transport harakati 30-aprelgacha qisman cheklanadi. Harakatlanish bir qatorda amalga oshiriladi. gazeta.uz »
Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasining Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha bo‘lgan qismi sentabr oyigacha transport vositalari uchun yopildi. Ko‘chada qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi. gazeta.uz »
Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining yana bir qismi - Shastri va Yahyo G‘ulomov ko‘chalari oralig‘i rekonstruksiya uchun yopildi. Loyiha o‘tgan yili boshlangandi. Hozirgacha 64-maktab va Le Grande Plaza mehmonxonasi oldidagi hududlar yangilandi. Ko‘cha sezilarli o‘zgardi, ammo uni yaxshilash kerak. Foto. gazeta.uz »
Ta’mirlash ishlari sabab Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan 200 metr qismi 25-dekabrgacha yopiladi. gazeta.uz »
Maxtumquli ko‘chasining Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘prigi ostidan o‘tuvchi Toshkent tibbiyot akademiyasidan Ashxobod bog‘i tomon yo‘nalishdagi qismi 16-noyabr soat 22:00 dan 17-noyabr soat 08:00 gacha yopiladi. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi dekabr oyi oxirigacha yopildi. Bunga ta’mirlash ishlari sabab qilib ko‘rsatilgan. gazeta.uz »
Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi. Avtotransport oqimi bir oyga to‘rt chiziqli yo‘ldan faqat ikkitasiga yo‘naltiriladi. Bu paytda yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlari o‘tkaziladi. gazeta.uz »
Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli va Nukus ko‘chalari bilan kesishmalari oralig‘ida yerosti kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari olib boriladi. Shu sabab 18-sentabrdan 5-oktabrga qadar ushbu hudud avtomobillar uchun yopiladi. gazeta.uz »
Toshkent shahridagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini ham 24 soatlik gastronomik ko‘chaga aylantirish reja qilinmoqda. Avvalroq Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish rejalashtirilgandi. gazeta.uz »
Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining ayrim qismlarida yo‘l bir tomonlama noma’lum muddatga yopildi. U yerda 15-may kuni soat 22:00 dan boshlab ta’mirlash ishlari boshlandi. Haydovchilardan yondosh ko‘chalardan harakatlanish so‘ralgan. gazeta.uz »